Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино вас ждут лучшие игры и привлекательные бонусы. Простая регистрация и зеркала для быстрого входа обеспечат вам комфортную игру. Не забудьте использовать промокоды для увеличения шансов на выигрыш.

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda soʻnggi turlar doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar koʻrib chiqildi.

Superliga
“Qizilqum” — “So‘g‘diyona”

Superliga chempionatining 18-turi doirasidagi “Qizilqum” — “So‘g‘diyona” uchrashuvining 87-daqiqasida “So‘g‘diyona” futbol klubi futbolchisi Jasurbek Yoqubov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga ko‘ra, Jasurbek Yoqubovga (So‘g‘diyona) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Lokomotiv” — “Navbahor lochinlari”

Superliga chempionatining 19-turi doirasidagi “Lokomotiv” — “Navbahor lochinlari” uchrashuvi 67-daqiqasida “Lokomotiv” futbol klubi futbolchisi Jasur Hakimov raqib o‘yinchisining bosh qismiga tirsagi bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga ko‘ra, Jasur Hakimovga (Lokomotiv) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom choralari qo‘llanildi.

OKMK — “Surxon”

Superliga chempionatining 18-turi doirasidagi OKMK — “Surxon” uchrashuvining 16-daqiqasida “Surxon” futbol klubi futbolchisi M. Abdurahmonov to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining oyog‘iga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga ko‘ra, Muhammadali Abdurahmonovga nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

Superliga chempionatining 18-turi doirasidagi OKMK — “Surxon” uchrashuvining 75-daqiqasida “Surxon” futbol klubi futbolchisi J. Xojiniyazov o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga ko‘ra, Jamoliddin Xojiniyazovga (Surxon) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Surxon” — “Bunyodkor”

Superliga chempionatining 19-turi doirasidagi “Surxon” — “Bunyodkor” uchrashuvining 90+1-daqiqasida “Bunyodkor” futbol klubi futbolchisi Hamidullo Abdunabiyev o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga ko‘ra, Hamidullo Abdunabiyevga (Bunyodkor) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Superliga chempionatining 19-turi doirasidagi “Surxon” — “Bunyodkor” uchrashuvining 90+7-daqiqasida “Bunyodkor” futbol klubi futbolchisi Shaxboz Jo‘raboyev o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga ko‘ra, Shaxboz Jo‘raboyevga (Bunyodkor) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Superliga chempionatining 19-turi doirasidagi “Surxon” — “Bunyodkor” uchrashuvining 90+1-daqiqasida “Bunyodkor” futbol klubi futbolchisi Andrija Filipovich bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga ko‘ra, Andrija Filipovichga (Bunyodkor) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Nasaf” — OKMK

Superliga chempionatining 19-turi doirasidagi “Nasaf” — OKMK uchrashuvining 86-daqiqasida OKMK futbol klubi futbolchisi Sardor Rahmonov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga ko‘ra, Sardor Rahmonovga (OKMK) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

O‘zbekiston Kubogi
“Paxtakor” — “Navbahor lochinlari”

O‘zbekiston Kubogi 1/2 finali doirasidagi “Paxtakor” — “Navbahor lochinlari” uchrashuvi birinchi bo‘limidan so‘ng “Paxtakor” futbol klubi sport direktori Shuhrat Maqsudov tribuna osti yo‘lakchasida mehmon jamoa rasmiylarga nisbatan o‘zini nomaqbul tutib, haqoratli so‘zlar ishlatib, tartibsizlik keltirgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga ko‘ra, Shuhrat Maqsudovga (Paxtakor) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Pro-liga
“Sho‘rtan” — “Aral”

Pro-liga musobaqasining 19-turi doirasidagi “Sho‘rtan” — “Aral” uchrashuvining 58-daqiqasida “Aral” futbol klubi futbolchisi Rasul Musayev to‘psiz vaziyatda oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining yuz qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga ko‘ra, Rasul Musayevga (Aral) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

Pro-liga musobaqasining 19-turi doirasidagi “Sho‘rtan” — “Aral” uchrashuvining 80-daqiqasida “Sho‘rtan” futbol klubi futbolchisi Timur Nabiyev o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga ko‘ra, Timur Nabiyevga (Sho‘rtan) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Pro-liga musobaqasining 19-turi doirasidagi “Sho‘rtan” — “Aral” uchrashuvining 58-daqiqasida “Aral” futbol klubi futbolchisi Rasul Musayev to‘psiz vaziyatda oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining yuz qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga ko‘ra, Rasul Musayevga (Aral) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

Pro-liga musobaqasining 19-turi doirasidagi “Sho‘rtan” — “Aral” uchrashuvining 80-daqiqasida “Sho‘rtan” futbol klubi futbolchisi Timur Nabiyev o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga ko‘ra, Timur Nabiyevga (Sho‘rtan) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Do‘stlik Toshkent” — “Mash’al”

Proliga musobaqasining 21-turi doirasidagi “Do‘stlik Toshkent” — “Mash’al” uchrashuvi yakunlangandan so‘ng “Do‘stlik Toshkent” futbol klubi ma’muri Farrux Rahmatov bosh hakam sha’niga xaqoratli so‘zlar ishlatib, qizil kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga ko‘ra, Farrux Raxmatovga (Do‘stlik Toshkent) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

Pro-liga musobaqasining 21-turi doirasidagi “Do‘stlik Toshkent” — “Mash’al” uchrashuvining 90+5-daqiqasida “Do‘stlik Toshkent” futbol klubi futbolchisi Saidmurod Karimov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga ko‘ra, Saidmurod Karimovga (Do‘stlik Toshkent) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Pro-liga musobaqasining 21-turi doirasidagi “Do‘stlik Toshkent” — “Mash’al” uchrashuvi yakunlangandan so‘ng “Do‘stlik Toshkent” futbol klubi murabbiyi Samug Dadayev bosh hakam sha’niga xaqoratli so‘zlar ishlatib, qizil kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga ko‘ra, Samug Dadayevga (Do‘stlik Toshkent) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom choralari qo‘llanildi.

“Sho‘rtan” — “Qo‘qon-1912”

Pro-liga musobaqasining 21-turi doirasidagi “Sho‘rtan” — “Qo‘qon-1912” uchrashuvining 44-daqiqasida “Sho‘rtan” futbol klubi futbolchisi Javohir Hasanov simulyatsiya uchun sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga ko‘ra, Javohir Hasanovga (Sho‘rtan) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Pro-liga musobaqasining 21-turi doirasidagi “Sho‘rtan” — “Qo‘qon-1912” uchrashuvining 87-daqiqasida “Sho‘rtan” futbol klubi futbolchisi Nuriddin Hasanov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga ko‘ra, Nuriddin Hasanovga (Sho‘rtan) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Pro-liga musobaqasining 21-turi doirasidagi “Sho‘rtan” — “Qo‘qon-1912” uchrashuvining 26-daqiqasida “Qo‘qon-1912” futbol klubi futbolchisi Asliddin Toshtemirov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga ko‘ra, Asliddin Toshtemirovga (Qo‘qon-1912) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Pro-liga musobaqasining 21-turi doirasidagi “Sho‘rtan” — “Qo‘qon-1912” uchrashuvining 26-daqiqasida “Qo‘qon-1912” futbol klubi futbolchisi Andro Giorgadze bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga ko‘ra, Andro Giorgadzega (Qo‘qon-1912) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Birinchi liga
“Chig‘atoy” — “Navbahor farm”

Birinchi liga musobaqasining 18-turi doirasidagi “Chig‘atoy” — “Navbahor-farm” uchrashuvining 40-daqiqasida “Navbahor-farm” jamoasi murabbiyi Rashid Gʻofurov o‘z jamoasi futbolchisini urib, sha’niga xaqoratli so‘zlar ishlatib, maydondan chetlashtirilgan

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga ko‘ra, Rashid Gʻofurovga (Navbahor farm) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom choralari qo‘llanildi.

“Sirdaryo FA” — “Nasaf-farm”

Birinchi liga musobaqasining 14-turi doirasidagi “Sirdaryo FA” — “Nasaf-farm” uchrashuvi 67-daqiqasida “Sirdaryo FA” jamoasi futbolchisi Bekzod Tolibjonov to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining oyog‘iga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga ko‘ra, Bekzod Tolibjonovga (Sirdaryo FA) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

Birinchi liga musobaqasining 20-turi doirasidagi “Sirdaryo FA” — “Nasaf-farm” uchrashuvi 85-daqiqasida “Nasaf-farm” jamoasi futbolchisi Turdibek Omonov to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining oyog‘iga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga ko‘ra, Turdibek Omonovga (Nasaf-farm) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

“Jizzax” — “Nasaf-farm”

Birinchi liga musobaqasining 17-turi doirasidagi “Jizzax” — “Nasaf-farm” uchrashuvining 28-daqiqasida “Nasaf-farm” jamoasi futbolchisi A.Umirzoqov bosh hakam sha’niga xaqoratli so‘zlar ishlatib, maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga ko‘ra, Asilbek Umirzoqovga (Nasaf-farm) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

“Aral akademiya” — “Navoiy FA”

Birinchi liga musobaqasining 19-turi doirasidagi “Aral akademiya” — “Navoiy FA” uchrashuvining 45+2-daqiqasida “Navoiy FA” jamoasi futbolchisi Sh. Fayziyev raqib o‘yinchisiga nisbatan to‘psiz vaziyatda tirsagi bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga ko‘ra, Shaxboz Fayziyevga (Navoiy FA) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

U-21 chempionati
“Navbahor U21” — “Nasaf U21”

U-21 chempionatining 18-turi doirasidagi “Navbahor U-21” — “Nasaf U-21” uchrashuvining uchrashuvi 27-daqiqasida “Navbahor U-21” jamoasi futbolchisi Jahongir Tursunov o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga ko‘ra, Jahongir Tursunovga (Navbahor U-21) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Surxon U-21” — “Bunyodkor U-21”

U-21 chempionatining 19-turi doirasidagi “Surxon U-21” — “Bunyodkor U-21” uchrashuvining 49-daqiqasida “Surxon U-21” jamoasi futbolchisi Abduqodir Amirqulov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga ko‘ra, Abduqodir Amirqulovga (Surxon U-21) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

U-21 chempionatining 19-turi doirasidagi “Surxon U-21” — “Bunyodkor U-21” uchrashuvining 49-daqiqasida “Bunyodkor U-21” jamoasi futbolchisi Humoyun Bozorboyev o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga ko‘ra, Humoyun Bozorboyevga (Bunyodkor U-21) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Nasaf U-21” — OKMK U-21

U-21 chempionatining 19-turi doirasidagi “Nasaf U-21” — OKMK U-21 uchrashuvining 47-daqiqasida OKMK futbol klubi futbolchisi Eldor Begimov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga ko‘ra, Eldor Begimovga (OKMK) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

U-19 chempionati
“Surxon U-19” — “Sho‘rtan U-19”

U-19 chempionatining 16-turi doirasidagi “Surxon U-19” — “Sho‘rtan U-19” uchrashuvining 17-daqiqasida “Sho‘rtan U-19” jamoasi futbolchisi Shoolim Toshimov raqib futbolchisi sha’niga xaqoratli so‘zlar ishlatib, maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga ko‘ra, Shoolim Toshimovga (Sho‘rtan U-19) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

U-19 chempionatining 16-turi doirasidagi “Surxon U-19” — “Sho‘rtan U-19” uchrashuvi 37-daqiqasida “Sho‘rtan U-19” jamoasi futbolchisi Zayniddin Zoirov to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining oyog‘iga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga ko‘ra, Zayniddin Zoirovga (Sho‘rtan U-19) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

U-19 chempionatining 16-turi doirasidagi “Surxon U-19” — “Sho‘rtan U-19” uchrashuvi 81-daqiqasida “Surxon U-19” jamoasi futbolchisi Chingiz Turdimurodov raqib futbolchisi sha’niga xaqoratli so‘zlar ishlatib, maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga ko‘ra, Chingiz Turdimurodovga (Surxon U-19) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

U-19 chempionatining 16-turi doirasidagi “Surxon U-19” — “Sho‘rtan U-19” uchrashuvi yakunlangandan so‘ng, “Sho‘rtan U-19” jamoasi futbolchisi Bekzod Bo‘riyev raqib futbolchisi sha’niga xaqoratli so‘zlar ishlatib, qizil kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga ko‘ra, Bekzod Bo‘riyevga (Sho‘rtan U-19) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

“Surxon U-19” — “Aral U-19”

U-19 chempionatining 18-turi doirasidagi “Surxon U-19” — “Aral U-19” uchrashuvi 68-daqiqasida “Aral U-19” jamoasi bosh murabbiyi Islombek Usnatdinov bosh hakam sha’niga xaqoratli so‘zlar ishlatib, maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga ko‘ra, Islombek Usnatdinovga (Aral U-19) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

“Olimpik MobiUz U-19” — “Paxtakor U-19”

U-19 chempionatining 18-turi doirasidagi “Olimpik MobiUz U-19” — “Paxtakor U-19” uchrashuvi 61-daqiqasida “Olimpik MobiUz U-19” jamoasi futbolchisi Behruz Erkinov tajovuzkor harakat qilib raqib o‘yinchisining oyog‘iga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga ko‘ra, Behruz Erkinovga (Olimpik MobiUz U-19) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

“Mash’al U19” — “Buxoro U19”

U-19 chempionatining 17-turi doirasidagi “Mash’al U-19” — “Buxoro U-19” uchrashuvining 90+6-daqiqasida “Mash’al U-19” jamoasi futbolchisi Sardor Qudratov raqib o‘yinchisiga nisbatan tajavuzkor harakat qilgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga ko‘ra, Sardor Qudratovga (Mash’al U-19) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

“Do‘stlik Toshkent U-19” — “Paxtakor U-19”

U-19 chempionatining 16-turi doirasidagi “Do‘stlik Toshkent U-19” — “Paxtakor U-19” uchrashuvining 90+1-daqiqasida “Do‘stlik Toshkent U-19” jamoasi futbolchisi Sirojiddin O‘lmasov to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Sirojiddin O‘lmasovga (Do‘stlik Toshkent U-19) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

U-19 chempionatining 16-turi “Qo‘qon-1912 U-19” — “Olimpik U-19” doirasidagi “Qo‘qon-1912 U-19” — “Olimpik U19” uchrashuvi yakunlangandan so‘ng, “Qo‘qon-1912 U-19” jamoasi futbolchisi O‘rinboy Muhammadov raqib futbolchisi sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatib, maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga ko‘ra, O‘rinboy Muhammadovga (Qo‘qon-1912 U-19) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

Barcha murabbiy, futbolchi, hakam va rasmiylarni har qanday vaziyatda ehtiroslarga berilmasdan, professional boʻlishga chaqiramiz. Sizlar oʻsib kelayotgan yoshlar uchun namuna ekanliklaringizni yana bir bor eslatib oʻtamiz!