Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино вас ждут лучшие игры и привлекательные бонусы. Простая регистрация и зеркала для быстрого входа обеспечат вам комфортную игру. Не забудьте использовать промокоды для увеличения шансов на выигрыш.

Davlatimiz rahbarining futbolni rivojlantirishga qaratilgan qaror va farmonlarining ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Yurtimizdagi futbol infratuzilmasini yaxshilash, xususan, terma jamoalarimiz uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida ayni vaqtda Toshkent viloyatida Milliy futbol markazining qurilish ishlari davom etyapti.

Ushbu zamonaviy markaz jahon standartlariga mos futbol maydonlari, jamoalar yashashi uchun mehmonxona, oʻquv markazi, tibbiy-reabilitatsiya binosi, yashil hudud va yana bir qancha qulayliklarni oʻz ichiga oladi. Futbolni rivojlantirish maqsadida barpo etilayotgan mazkur markaz loyihasini ishlab chiqishda Fransiya, Marokash kabi futboli ilgʻor mamlakatlar tajribasi oʻrganib chiqildi.

OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov boshchiligidagi ishchi guruh Milliy futbol markazi quruvchilari bilan uchrashib, ish jarayonlarini oʻrgandi. Qurilishda birinchi navbatda sifat, xavfsizlik, qulaylik masalariga jiddiy eʼtibor qaratish zarur ekanligi taʼkidlandi. Masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berildi.