Free ebooks Library zlibrary project

5-sentabr kuni 2026-yili boʻlib oʻtadigan Jahon chempionatining uchinchi saralash bosqichi start oladi. Bugun Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Abdusalom Azizov mas‘uliyatli o‘yinlar oldidan milliy terma jamoa aʼzolari bilan uchrashdi va ushbu bosqich ahamiyati, xalqimizning azaliy orzusi bo‘lmish Mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritish orqali muxlislarni xursand qilish muhimligi haqida to‘xtaldi. Bosh murabbiy Srechko Katanesning oldindagi rejalari tinglandi.

Futbolimiz rahbari shuningdek, futbolchilar bilan suhbatda ijobiy natijalarga erishish uchun OʻFA tomonidan barcha zarur sharoitlar taqdim etilishini maʼlum qildi. Oʻz oʻrnida jamoamizning bir qator yetakchi futbolchilari oʻz fikrlarini bildirib oʻtishdi. Tibbiy shtab va jamoaga aloqador barcha mutaxassislarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Abdusalom Abdumavlonovich boʻlajak uchrashuvlarda jamoamizga omad tiladi.