Free ebooks Library zlibrary project

Tadbirlar bolalar festivali bilan boshlandi va unda 300 nafar sport maktablari tarbiyalanuvchilari yig‘ildi.

So‘ngra tadbirlar tarixiy “Labi Hovuz” majmuasi hududiga ko‘chdi va keng auditoriyaga bo‘lajak chempionat haqida ko‘proq ma’lumot olish imkoniyati taqdim etildi.

Tadbirda mahalliy aholi, xorijliklar, yosh sportchilar faol ishtirok etishdi, tanlovlarda qatnashishdi, raqsga tushishdi va albatta, kubok bilan suratga tushish imkoniyatiga ega boʻlishdi.

Jahon chempionati bosh sovrinining yurtimiz boʻylab “sayohati” o‘rtasiga yetdi.

Oldinda bizni quyidagi manzillar kutmoqda:
Navoiy – 18-avgust, 19:00
Qarshi – 19-avgust, 19:00
Termiz – 20-avgust, 19:00
Samarqand – 21-avgust, 19:00
Jizzax – 22-avgust, 19:00
Guliston – 23-avgust, 19:00
Toshkent – 24-avgust, 19:00