Bugun, 16-avgust kuni Xitoy mamlakati mezbonlik qilayotgan Xalqaro o’rtoqlik turnirida O‘zbekiston U-16 terma jamoasi Yaponiyaga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.
Bahsning 24-daqiqasid Nurbek Sarsenboyev bosh bilan gol urib, hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limning 85-daqiqasida raqib jamoa a’zosi Asato Hiata hisobni tenglashtirdi.
Islom Ismoilov boshqaruvidagi jamoamiz navbatdagi uchrashuvini 18-avgust kuni Vyetnam terma jamoasiga qarshi o’tkazadi.