Free ebooks Library zlibrary project

Bilasiz, Islom Ismoilov murabbiyligidagi Oʻzbekiston U-16 terma jamoasi bir necha kunlardan soʻng Xitoydagi xalqaro oʻrtoqlik turnirida ishtirok etadi.

Oldinda turgan Osiyo kubogi saralash uchrashuvlariga tizimli tayyorgarlik koʻrish hamda terma jamoaga nomzod boʻlgan bir qator iqtidorli futbolchilarni sinovdan oʻtkazish maqsadida vakillarimiz Tojikistonda oʻtadigan CAFA U-17 musobaqasida ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Musobaqa 17-24-avgust kunlari Dushanbeda oʻtkaziladi. Jamoamizni Anvar Rahimov boshchiligidagi murabbiylar shtabi tayyorlab boradi.