Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу!

FIFA doirasida Markaziy Osiyoda ilk bor oʻtkaziladigan turnir — FIFA Futsal World Cup 2024™ musobaqasi yangi va muhim bosqichni qarshiladi. Fransiyada joylashgan tashkilot ofisida mundialning kubogi mezbon mamlakat — Oʻzbekistonga topshirildi. Bu haqda FIFA rasmiy sayti xabar berdi.

Tadbirda FIFA Prezidenti Janni Infantino, Oʻzbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov, Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov, OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov hamda MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov ishtirok etdi.

10-bor tashkil etilayotgan mundialda jami yigirma toʻrtta jamoa ishtirok etadi. Afgʻoniston, Tojikiston, Yangi Zelandiya va Fransiya turnirda debyut qilsa, Portugaliya esa chempionlik unvonini himoya qilishga harakat qiladi. Turnir 2024-yilning 14-sentyabridan 6-oktyabriga qadar Oʻzbekistonning uch shahrida — Toshkent, Andijon va Buxoroda boʻlib oʻtadi. Musobaqaning qurʼa tashlash marosimi 2024-yil 26-mayda UNESCOning Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan Samarqandning Registon maydonida boʻlib oʻtdi.

“Men Parijdagi ofisimizda rasmiy kubokni Oʻzbekiston sport vaziri Adham Ikromov va Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatovga topshirganimda muhim bir bosqichni bosib oʻtdik. Ushbu tarixiy musobaqaga tayyorgarlik koʻrishdagi ulkan ishlar uchun minnatdorchilik bildirdim va omad tiladim. May oyida Samarqandda oʻtkazilgan qurʼa tashlash marosimi Oʻzbekistondan nimalarni kutishimiz mumkinligini koʻrsatib berdi. Men ushbu mamlakatdan ajoyib va goʻzal turnir mezbonligini kutmoqdaman”, dedi FIFA Prezidenti Janni Infantino.

Uchrashuv davomida Oʻzbekiston delegatsiyasi FIFA ofisida joylashgan muzey bilan ham tanishdilar. Muzeyda Ravshan Irmatovning hakamlik davridagi eksponat ham namoyish etildi.

“Parijda joylashgan ofisimizning muzeyiga sayohat qilish va futbolning buyuk tarixini ifodalovchi yodgorliklarni, shu jumladan Ravshan Irmatovning hakamlik davridan qolgan eksponatni koʻrish juda yoqimli boʻldi, deya qayd etgan FIFA prezidenti Janni Infantino.