Free ebooks Library zlibrary project Присоединяйтесь к 1win казино и получите лучшие бонусы! Простая регистрация, зеркало для быстрого входа и промокоды увеличат ваши шансы на победу.

Parij Olimpiadasida O’zbekiston delegatsiyasi 19 ta sport turida Vatanimiz sharafini himoya qiladi. Xususan, futbol bo‘yicha terma jamoamiz ham birinchi bor Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadi. Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tomonidan futbolchilar va jamoa shtabi a‘zolari soni bo‘yicha ma‘lum cheklovlar mavjud.

Masalan, qaydnomaga faqat 18 futbolchi kiritish talabi murabbiylarning imkoniyatlarini biroz cheklaydi. Shu tariqa jamoa bilan ishlaydigan shtab a‘zolari borasida ham cheklovlar bor va bu holat boshqa sport turlarida ham kuzatiladi. Mazkur sport tadbirlarini yoritib borish uchun butun mamlakat delagatsiyasiga XOQ tomonidan 5 nafar OAV vakili uchun kvota ajratilishi belgilab qo’yilgan. O’zbekiston uchun ajratilgan ushbu 5 ta kvota MOQ va sportni yorituvchi OAV mutaxassislariga taqsimlangan bo’lib, ular barcha sport turlarini, xususan, futbolni ham qamrab olishlari ko’zda tutilgan. Kvotadan tashqari har bir sport turi uchun media vakillari akkreditasiya olish imkoniyati yo‘q.

O‘yin sport turlari uchun ham alohida kvota nazarda tutilmagan. O‘FA tomonidan qo‘shimcha akkreditasiya olish borasida qilingan murojaat qanoatlantirilmadi. Shu sababli futbol jamoamiz va boshqa sportchilarimizning Parij Olimpiadasidagi faoliyatini akkraditasiyaga ega bo‘lgan OAV vakillari yoritib borishadi.