Free ebooks Library zlibrary project Присоединяйтесь к 1win казино и получите лучшие бонусы! Простая регистрация, зеркало для быстрого входа и промокоды увеличат ваши шансы на победу.

Xabaringiz bor, joriy yil 14-sentyabrdan 6-oktyabrga qadar yurtimiz nufuzli xalqaro musobaqa futzal boʻyicha FIFA Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Musobaqa Toshkent, Buxoro va Andijon shaharlarida boʻlib oʻtadi.

Musobaqada ishtirok etish, tajriba orttirish hamda koʻplab koʻngilochar tadbirlarda qatnashish istagida boʻlganlar quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtishlari mumkin:

🔗 http://volunteer.fifa.com

Nomzodlarni roʻyxatga olish va saralash jarayonlari joriy yilning 15-iyuliga qadar davom etadi.

Maʼlumot uchun mazkur turnirda yuzlab koʻngillilar ishtirok etishi rejalashtirilgan. Koʻngillilar musobaqalar oʻtkazish, media, marketing, terma jamoalar bilan ishlash, protokol, tibbiyot, xavfsizlik, IT, akkreditatsiyalash, mehmonlarni kutib olish xizmati, transport va boshqa sohalarda faoliyat olib boradi.