O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Belarus poytaxti Minskda tashkil etilgan “Rivojlanish kubogi-2020”da ishtirokini davom ettirmoqda.
Bugun terma jamoamiz musobaqa doirasidagi uchinchi o‘yinini o‘tkazdi. Finlandiyaga qarshi kechgan uchrashuvda fin futbolchilarining qo‘li baland keldi – 1:2.
O‘zbekiston U16 – Finlandiya U17 1:2
Gollar: Ilonen (40), Salomaa (42) – Inomov (51).
O‘zbekiston: Kenjayev, Pogosyan (Inomov, 41), Todorov, Poyonov, Omonaliev, To‘xtasinov (Qaxxorjonov, 68), Husanov, Xayrullayev (Bahodirov, 75), Pazildinov (N. Abdurazzoqov, 45) , Xojiboyev (Turdimurodov, 41), Akramov.
Ogohlantirishlar: Salminen (30) – N. Abdurazzoqov (51).