Bugun 1-fevral kuni Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi Nijniy Novgorod shahridagi “Meshcherskiy” sport markazida Rossiya terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.
Mazkur bahsda Xose Venansio Lopes boshqaruvidagi jamoamiz 2:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasining gollariga Akbar Usmonov va Ilhom Hamroyev mualliflik qildi.
Eslatib oʻtamiz, jamoamizning Rossiyaga qarshi keyingi uchrashuvi 3-fevral kuni boʻlib oʻtadi.