Joriy yilning oktyabr oyida mamlakatimizda 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati final bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Temur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi mazkur musobaqaga tayyorgarlik jarayonini davom ettirmoqda.
14-yanvardan terma jamoamiz navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishgani haqida xabar bergan edik. Bugun terma jamoamiz AGMK jamoasi yoshlari bilan bahs olib bordi va qiziqarli tarzda kechgan uchrashuvda 5:1 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘zbekiston U-19 – AGMK yoshlari 5:1
Gollar: Sarvar Ablayev, Shahboz Nuriddinov, Tohir Rafaelov, Asadbek Jo‘raqulov, Odilbek Abdumajidov.
O‘zbekiston U-19: Amal Shavketov, Asliddin Toshtemirov, Shahzod Toirov, Jasurbek Abdulbekov, Abdulloh Mirkomilov, Sarvar Ablayev, Muhammadaziz Ibrohimov, Alisher Odilov, Mirjalol Mirzayev, Farhod Sohibjonov, Jamshid Baxshullayev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Izzatilla Tursunov, Odilbek Abdumajidov, Abubakir Turdaliyev, Eldor Begimov, Ja’far Karimov, Abdurauf Bo‘riev, Shahboz Nuriddinov, Asadbek Jo‘raqulov, Muhammadqodir Ahadov, Tohir Rafaelov.