Bilasiz, joriy yilning oktyabr oyida mamlakatimizda 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati final bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Temur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi mazkur musobaqaga tayyorgarlik jarayonini davom ettirmoqda.
14-yanvardan terma jamoamiz navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishdi. Havo harorati ancha sovuq bo‘lishiga qaramay, mashg‘ulot jarayoni ancha ko‘tarinki va qaynoq ruhda o‘tdi.
Ta’kidlash joiz, oldin xabar berganimizdek ushbu yig‘in 2 qismdan iborat bo‘ladi: Birinchi yig‘in 14-18-yanvar, ikkinchi yig‘in esa 21-25-yanvar kunlari tashkil etiladi. Yig‘in doirasida qator nazorat uchrashuvlari ham o‘tkaziladi. 16-yanvarda Temur Kapadze shogirdlari “Bunyodkor” yoshlari bilan bahs olib borishadi, 18-yanvarda esa AGMK bilan o‘yin o‘tkaziladi. 23-yanvar kuni “Lokomotiv” yoshlari bilan kuch sinashilsa, 25-yanvarda “Paxtakor” bilan maydonga tushiladi.
Mashg‘ulot jarayonidan fotolavhalarni tomosha qilishingiz mumkin: