Free ebooks Library zlibrary project Присоединяйтесь к 1win казино и получите лучшие бонусы! Простая регистрация, зеркало для быстрого входа и промокоды увеличат ваши шансы на победу.

O‘zbekiston U-23 terma jamoasining Osiyo o‘yinlari chorak finalidagi raqibi aniq bo‘ldi. Timur Kapadze boshqaruvidagi jamoamiz 1/8 finalda Hindistonni 2:0 hisobida mag‘lub etgan Saudiya Arabistoni olimpiya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Uchrashuv 1-oktyabr kuni Xanjoudagi “Huanglong Sports Centre” stadionida o‘tkaziladi.

Avvalroq, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi 1/8 final bosqichi doirasida Sherzod Esanovning 92 va 120-daqiqadagi gollari evaziga Indoneziya olimpiya terma jamoasi ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.