Free ebooks Library zlibrary project Играйте на 1вин и откройте мир азартных развлечений. Промокоды, бонусы и удобный вход через зеркало обеспечат вам комфортную и прибыльную игру. Discover the Phantom Wallet Extension—your secure and user-friendly tool for managing Solana assets. Enjoy seamless transactions and dApp access with ease!

Joriy yilning 27-oktyabr kuni “Hilton Tashkent City” mehmonxonasida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Rossiyaning “SILA International Lawyers” xalqaro yuridik kompaniyasi hamkorligidagi “Huquq va Sport” nomli xalqaro seminar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Unda maʼruzachilar sifatida xorijning bir qator taniqli sport huquqshunoslari, jumladan FIFA, “SILA International Lawyers” xalqaro yuridik kompaniyasi vakillari, Sport Arbitraj Sudining arbitrlari, Rossiyaning “Dinamo” hamda “Zenit” futbol klublarining yuridik boʻlimlari rahbarlari ishtirok etadi.

Mazkur seminar professional futbol klublarida faoliyat yurituvchi huquqshunoslar hamda FIFA TMS menejerlari uchun moʻljallagan boʻlib, dasturda, asosan, FIFA Futbolchilar maqomi va transferi boʻyicha Reglamentidagi eng soʻnggi oʻzgartirishlar, FIFAning Futbol agentlari faoliyati toʻgʻrisidagi yangi Reglamenti, FIFA TMS va futbol transferlari tizimiga oid sport qoidalari, Mehnat shartnomalaridan kelib chiquvchi nizolarni hal qilish amaliyoti kabi masalalar qamrab oladi. Seminar chet eldan tashrif buyuruvchi xalqaro spikerlar tomonidan rus va ingliz tillarida olib boriladi. Ishtirokchilar soni chegaralangan.

Dasturda ishtirok etish istagida boʻlganlar ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtishlari hamda seminar haqidagi batafsil maʼlumotga ega boʻlishlari mumkin.

Shuningdek, seminarga oid barcha savollarni conference@silalawyers.com elektron pochtasiga yuborish mumkin. Ilovadagi faylda seminar dasturi bilan batafsil tanishib chiqish imkoniyati mavjud.