Kecha “Mirabror Usmanov Memorial Cup-2023” turnirining so‘nggi tur uchrashuvlari o‘tkazildi. 3 o‘yinda 6 ochko jamg‘argan O‘zbekiston U-15 terma jamoasi musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston terma jamoasi posboni Ibrohim Shokirov eng yaxshi darvozabon deb topildi.
BAA hujumchisi Muhammad al-Hamid esa eng yaxshi to’purar bo‘ldi, u turnir davomida raqiblar darvozasiga 3 gol kiritdi va bir golli uzatmani amalga oshirdi.
O‘zbekiston terma jamoasi vakili Jamshidbek Rustamov musobaqaning eng yaxshi futbolchisi sovriniga loyiq ko‘rildi. Shuni ta’kidlash kerakki, u 3-turda xet-trik qayd etib, jamoasining yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minladi.
Shuningdek, Marko Glendza (Chernogoriya), Salim Esam (BAA) va Muhammadali Musaxonov (Oʻzbekiston) maxsus sovrin bilan mukofotlandi.