Oʻzbekiston milliy terma jamoasi oldinda turgan rasmiy musobaqalarga tayyorgarlikni davom ettiradi. Vakillarimiz sentyabr oyidagi FIFA kunlarida Bolgariyaga qarshi uchrashuv oʻtkazishi rejalashtirilgandi. Biroq murabbiylar shtabining qaroriga koʻra, vakillarimiz Amerika Qoʻshma Shtatlarida yigʻin oʻtkazadigan boʻldi.
Srechko Katanes shogirdlari yigʻin doirasida 9-sentyabr kuni (Toshkent vaqti bilan 10-sentyabrga oʻtar kechasi) FIFA reytingida 11-oʻrinni egallab turgan AQSh milliy terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushadilar. Uchrashuv Missuri shtati Sent-Luis shahridagi “CityPark” stadionida boʻlib oʻtadi.
AQSh 🆚 Oʻzbekiston
📆 10-sentyabr | 03:30 (Toshkent v.b)
🏟️ “CityPark” stadioni. Sent-Luis
Ma’lumot oʻrnida, mazkur bahs jamoalar oʻrtasidagi ilk oʻzaro oʻyin hisoblanadi.