Bugun OʻFA hamda O‘zbekiston milliy antidoping agentligi tomonidan U20 terma jamoasi futbolchisi Shahriyor Jabborov bilan bog‘liq vaziyat tahlil qilindi. Kelgusida bu kabi holatlar ro‘y berishiga yo’l qo’ymaslik borasida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan masalalar muhokama qilindi.
Barcha yoshdagi terma jamoalar, klublar va futbol akademiyalarida doping nazoratini yanada kuchaytirish, futbolchilar o‘rtasida taqiqlangan va zararli moddalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni targ’ib qilish muhimligi ta’kidlandi. Murabbiylar va tibbiyot xodimlarini ushbu yo’nalishda bilimlarini oshirish zarurligi qayd etildi.
Shuningdek, yurtimiz ichki chempionatlarida xalqaro doping nazorati standartlarini qat‘iy joriy etish masalasi muhokama qilindi.
Konstruktiv ruhda oʻtgan uchrashuv yakunida tomonlar kop yillik hamkorlik memorandumini ishlab chiqishga kelishib olishdi.