Free ebooks Library zlibrary project

Oʻzbekiston U-14 terma jamoasi “CAFA U-14 Championship 2022” turniridagi ishtirokini gʻalaba bilan boshladi. Islom Ismoilov shogirdlari birinchi turda turkmanistonlik tengdoshlariga qarshi maydonga tushib, yirik hisobdagi gʻalabani rasmiylashtirdilar.

🇺🇿 Oʻzbekiston 8:1 Turkmaniston 🇹🇲

Gollar: Muhammad Habibullaev 11ʼ, Moʻminjon Shuhratov 13ʼ, Abdusamad Saidov 18ʼ, Nurbek Sarsenbayev 40ʼ, Muhammadrizo Parpiyev 53ʼ, Jafar Toʻxtaboyev 65ʼ, 77ʼ, Kamoliddin Mamurjonov 68ʼ, Eziz Murataliyev 73ʼ.