Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi 2-noyabr kuni navbatdagi yigʻinlarini boshlaydi. Yigʻin doirasida jamoamiz Marokash futzal terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi. Oʻyinlar 7-8-noyabr kunlari Rabat shahrida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.
7-noyabr
🇲🇦 Marokash — Oʻzbekiston 🇺🇿
8-noyabr
🇲🇦 Marokash — Oʻzbekiston 🇺🇿
Bosh murabbiy Bahodir Ahmedov tomonidan mazkur yigʻinga jalb etilgan futzalchilarning roʻyxati bilan tanishing.