FIFA 2022-yilgi Jahon chempionati™ ga tayyorgarlik koʻrishda milliy terma jamoalar faoliyatiga aniqlik kiritdi.
“Butun dunyo yil oxirida Qatarda boʻlib oʻtadigan FIFA Jahon chempionati boshlanishini intiqlik bilan kutar ekan, FIFA fursatdan foydalanib, oʻrtoqlik oʻyinlariga yondashuv va musobaqa oldidan tayyorgarlik davri uchun futbolchilarni qoʻyib yuborish masalasiga oydinlik kiritdi”, deyiladi tashkilot xabarida.
Qayd etilishicha, 2015-yilda FIFA Ijroiya qoʻmitasi 2022-yilgi futbol boʻyicha Jahon chempionatiga tayyorgarlik davri 2022-yilning 14–20-noyabr kunlari qilib belgilagan edi. Ushbu tayyorgarlik davri barcha futbolchilarni oʻz klublari tomonidan chempionatda ishtirok etuvchi 32 ta aʼzo assotsiatsiyalar terma jamoalariga majburiy ravishda qoʻyib yuborishni talab qiladi.
Bu 2022-yilgi futbol boʻyicha Jahon chempionati, Status va transfer qoidalarining tegishli bandlariga asoslanadi. Bundan tashqari, ushbu qoidalar boʻyicha qoʻyib yuborilgan barcha futbolchilar oʻz terma jamoasida faol boʻlishlari sharti bilan FIFA Klublarni himoya qilish dasturi (“CPP”) tomonidan oʻsha davr va turnir davomida himoyalanadi.
FIFA 2022-yilgi futbol boʻyicha Jahon chempionati uchun klublar oʻrtasidagi ichki musobaqalar taqvimini kuzatib bordi. Futbolchilar TJlarda musobaqaga tayyorgarlik davrini oʻtashi uchun 2022-yil 14-noyabrdan boshlab mavsumni vaqtincha toʻxtatishga qaror qildi. Bundan tashqari, FIFA 2022-yilgi futbol boʻyicha Jahon chempionatida ishtirok etuvchi koʻplab aʼzo assotsiatsiyalar tayyorgarlik doirasida unda ishtirok etmayotgan assotsiatsiyalar bilan oʻrtoqlik oʻyinlari oʻtkazayotganidan, boshqa ishtirok etmayotgan aʼzo assotsiatsiyalar ham oʻzaro oʻrtoqlik oʻyinlari tashkil etayotganidan xabardor.
Shuni taʼkidlash kerakki, tashkilot yuqorida qayd etilgan ichki taqvim tendensiyalari hamda oʻrtoqlik oʻyinlari JChda ishtirok etmaydigan aʼzo assotsiatsiyalar uchun ham yagona sport qoidasi boʻlishini eslatadi.
FIFA barcha klublar futbolchilari va JChda ishtirok etmayotgan aʼzo assotsiatsiyalarni 14-20-noyabr oraligʻidagi tayyorgarlik davrida oʻrtoqlik uchrashuvlarini rejalashtirishga chaqiradi.
“Ushbu jarayonni qoʻllab-quvvatlash va manfaatdor klublarni himoya qilish uchun uchun FIFA ushbu davr mobaynida boʻlib oʻtadigan barcha oʻrtoqlik uchrashuvlarini moliyalashtirish va CPP qamrovini kengaytirish boʻyicha favqulodda qadam tashladi”, deyilgan xabarda.