Xabaringiz bor, 20-27-sentyabr kunlari Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Koreya Respublikasida oʻquv-mashgʻulot yigʻini oʻtkazadi. Ushbu yigʻin davomida vakillarimiz 2022-yilgi Jahon chempionati ishtirokchilari — Kamerun va Kosta-Rika milliy terma jamoalari bilan oʻrtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi.
Ushbu yig’in oldidan, 19-sentyabr kuni Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes ishtirokida matbuot anjumani tashkil etiladi. Anjuman OʻFA majlislar zalida soat 11:45 da boshlanadi. Unda O’FA tomonidan akkreditatsiyadan oʻtgan barcha OAV vakillari ishtirok etishlari mumkin.