Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу!

Xabaringiz bor, joriy yilning 27-oktyabridan 2-noyabriga qadar yurtimizda U-23 Osiyo kubogi saralash bosqichi “D” guruhidan oʻrin olgan oʻyinlar boʻlib oʻtadi.

Bugun “Paxtakor” stadioni anjumanlar zalida saralash bahslari oldidan jamoalar murabbiyi va futbolchilar ishtirokida rasmiy matbuot anjumani oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze va jamoa a’zosi Jasurbek Jaloliddinov ham ishtirok etdi.

Timur Kapadze:

— Ushbu bosqich biz uchun tayyorgarlik vazifasini oʻtab beradi. Ayniqsa, bahslar Oʻzbekistonda oʻtkazilishi biz uchun qulay boʻldi. Oʻylaymanki, oldimizda turgan oʻyinlar xalqaro tajriba taqdim etib, oʻzimiz uchun holatimizni, darajamizni aniqlab olishimizga xizmat qiladi.

— “Nasaf” klubining finalga chiqqani bizga hech qanday taʼsir qilgani yoʻq. Toʻgʻri, Husayn Norchayev ushbu yigʻinga jalb qilinmadi, biroq bu boshqa futbolchilarga oʻzlarini koʻrsatishi uchun imkon yaratadi. Umuman olganda, bunday musobaqalardan hamma uchun tajriba oladi.

— Yosh jamoa bilan musobaqada ishtirok etish katta muammo emas, chunki biz oʻz oldimizga katta maqsadlar qoʻyganmiz va ular yoʻlida toʻgʻri harakat qilmoqdamiz, deb oʻylayman. Bizda tanlov katta, iqtidorli yoshlarimiz koʻp. Jalb qilingan 23 nafar futbolchimiz ushbu 3 ta oʻyinda oʻzlarini koʻrsatishlariga ishonaman.

Shuningdek, barcha jamoalarga omad tilayman.

Jasurbek Jaloliddinov:

— Ertaga bizni Saudiya Arabistoniga qarshi jiddiy bahs kutib turibdi. Biz ushbu jamoaga qarshi 3-marta oʻynaymiz. Gʻalaba qozonish uchun hamma narsa mavjud, ayniqsa, bizda hozir gʻalaba kayfiyati bor. Murabbiyimiz bizni bu musobaqaga tizimli tayyorlab kelmoqda, oldimizda turgan barcha uchrashuvlarda bor kuchimiz bilan harakat qilamiz.

— Futbol, albatta, muxlislar uchun. Biz oʻz uyimizda oʻynaymiz, shu sabab muxlislarimiz bizni qoʻllab-quvvatlab turishlariga ishonamiz. Chunki ular bilan birga biz yanada kuchliroq boʻlamiz.