Futzal bo’yicha O’zbekiston milliy terma jamoasi Litvada o’tadigan Jahon chempionatiga qizg’in tayyorgarlik ko’rmoqda.
Avval xabar berganimizdek, 2016-yilgi Jahon chempionatida terma jamoamiz murabbiylar shtabida faoliyat olib borgan ispaniyalik tajribali mutaxassislar Toshkentga qaytib, bosh murabbiy Bahodir Ahmedovga ko’maklashmoqda.
Arkaitz Sisniega futzalchilarimizning jismoniy tayyorgarligini yanada yaxshilash bo’yicha ish olib borsa, Karlos Korona darvozabonlar mahoratini oshirish yo’lida o’z bilim va ko’nikmalaridan foydalanadi.
Yaqinlashib kelayotgan mundialga munosib tayyorgarlik ko’rish maqsadida futzal terma jamoamiz Tailanddagi xalqaro futzal turnirida ishtirok etadi. Bahodir Ahmedov shogirdlari musobaqaning guruh bosqichi doirasida Tailand, Kosova va Mozambik vakillari bilan o’zaro kuch sinashadi.
Tayyorgarlik rejasiga ko’ra, futzalchilarimiz Toshkent davom etayotgan o’quv-mashg’ulot yig’inini tamomlab, 19-iyul kuni Bangkok shahriga yo’l oladi.