U23 Osiyo kubogi saralash bahslariga tayyorgarlik ko’rayotgan O’zbekiston yoshlar terma jamoasi Toshkent shahrida o’quv-mashg’ulot yig’inini boshladi.
17-fevralga qadar poytaxtimizdagi “Chig’atoy” stadionida o’tadigan mashg’ulotlarga murabbiylar shtabi 26 nafar futbolchini jalb etdi. Ravshan Haydarov murabbiyligi ostidagi yoshlarimiz yig’in davomida Superliga klublariga qarshi 3 ta nazorat uchrashuvida maydonga tushadi.
Dastlab, U22 terma jamoamiz “Andijon” klubi bilan bahs olib boradi. Ikki kun o’tib esa ular “Qo’qon-1912” vakillariga qarshi maydonga tushadi. Yig’in so’nggida Superliganing yana bir a’zosi “Metallurg” bilan nazorat uchrashuvi bo’lib o’tadi. Barcha o’yinlar “JAR” o’yingohida o’tkazilishi rejalashtirilgan.
O’zbekiston U22 terma jamoasining nazorat uchrashuvlari
13-fevral | O’zbekiston U22 – “Andijan”
15-fevral | O’zbekiston U22 – “Qo’qon-1912”
17-fevral | O’zbekiston U22 – “Metallurg”
| Ism-familiyasi | Ampluasi | Klubi |
| Ergashev Umidjon | Darvozabon | Nasaf |
| Muxammadjonov Mashxur | Darvozabon | Neftchi |
| Isakov Azizxon | Darvozabon | Paxtakor |
| Komilov Dilshod | Himoyachi | Lokomotiv |
| Kuybokov Nodirbek | Himoyachi | So’g’diana |
| Abdurashidov Abdulaziz | Himoyachi | Turon |
| Yokubov Jasurbek | Himoyachi | Surxon |
| Yuldashev Ibroxim | Himoyachi | Surxon |
| Jumayev Jasur | Himoyachi | Nasaf |
| Kamolov Abdugani | Himoyachi | Buxoro |
| Abdullayev Bek | Himoyachi | Bunyodkor |
| Azmiddinov Shaxzod | Himoyachi | Paxtakor |
| Chobanov Marlen | Himoyachi | Paxtakor |
| Sobirjonov Asad | Yarimhimoyachi | Paxtakor |
| Nasriddinov Daniel | Yarimhimoyachi | So’g’diyona |
| Saidazimov Kamron | Yarimhimoyachi | Andijon |
| Komilov Shoxmalik | Yarimhimoyachi | Nasaf |
| Askarov Boburjon | Yarimhimoyachi | Lokomotiv |
| Jaloliddinov Jasur | Yarimhimoyachi | |
| Iminov Xumoyun | Yarimhimoyachi | Paxtakor |
| Izzatov Suxrob | Yarimhimoyachi | Bunyodkor |
| Ulmasaliyev Avaz | Yarimhimoyachi | Lokomotiv |
| Jurayev Anvar | Yarimhimoyachi | Buxoro |
| Kudratullayev Maxmud | Hujumchi | Metallurg |
| Abduraxmanov Shoxrux | Hujumchi | Dinamo |
| Abdumannopov Doniyor | Hujumchi | Andijon |