OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al Halifa o’zbekistonlik tajribali mutaxassis, OFK ayolar futboli qo’mitasi sobiq a’zosi va OFK komissari Alisher Mo’minovning vafoti munosabati bilan marhumning oila-a’zolari, do’stlari hamda O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi oilasiga hamdardlik bildirdi.
Alisher Mo’minov 1998-2002 yillar davomida OFK ayollar futboli qo’mitasi a’zosi sifatida qit’ada ayollar futboli rivojiga o’z hissasini qo’sha oldi. 1999-yilgi ayollar o’rtasidagi Osiyo chempionatining tashkiliy ishlarida muhim vazifalarni bajardi.
JCH-2010 saralashi final bosqichi, Olimpiada-2008 saralash bosqichi, Osiyo kubogi-2007 saralash bosqichi, OFK Chaqiruv kubogi-2010, futzal bo’yicha Osiyo chempionati-2010, OCHL va OFK kubogi kabi muhim musobaqalarda komissar sifatida faoliyat olib bordi.