Free ebooks Library zlibrary project Встречайте 1win казино – место, где выигрывают. Надежное зеркало, удобный вход и промокоды помогут вам начать игру с максимальной выгодой!

Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtayotgan Osiyo kubogi yarim finalida KXDRga qarshi bahs olib bordi. Ushbu bahsda Oʻzbekiston 3:0 hisobida gʻalaba qozondi. Jamoamizning gollariga Sadriddin Hasanov (31ʼ), Jamshidbek Rustamov (62ʼ) va Abubakir Shukurullayevlar (65ʼ) mualliflik qildi.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo kubogi final bahsida mezbon Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi. Ushbu oʻyin 20-aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00da Toif shahridagi “Qirol Fahd” stadionida start oladi.