Xabaringiz bor, O‘zbekistonda 14-sentyabrdan 6-oktyabrga qadar Futzal bo’yicha FIFA Jahon Chempionati-2024 Markaziy Osiyo mintaqasida ilk bor yurtimiz hududida bo‘lib o‘tadi. O’yinlar yurtimizning ma’adaniy tarixiy shaharlar bo’lmish Andijon, Buxoro va Toshkentda o’tkaziladi. Ayni paytda chempionatga tayyorgarlik jarayoni qizg’in kechmoqda. Shu qatorda, o’yinlar yuqori saviyada o’tishi uchun volontyorlik dasturiga alohida e’tibor berilmoqda. Ko’rsatilgan uchta shaharda 15 iyulga qadar volontyorlar rasmiy qabuli va manzilli uchrashuvlar bo’lib o’tmoqda. Xozirgi kunga qadar 2400 dan ortiq volontyorlik uchun to’ldirilgan anketalar qabul qilindi, ularning ichidan Toshkent uchun 280 ga yaqin, Andijon uchun 120 dan ortiq va Buxoro uchun 170dan ziyod volontyorlar saralanib olinadi.
Bugun Buxoro davlat universitetida 600 ga yaqin tashabbuskor, yosh volontyorlar uchun mana shunday manzilli uchrashuvlardan biri bo’lib o’tdi. Uchrashuvni FIFA Futsal Jahon chempionati loyiha menejeri Muhammadsodiq Sodiq-Ohunov, FIFA Futsal Jahon Chempionati-2024 xodimlar, ovqatlanish va volontyorlar boshqaruvi bo’limi rahbari David Afanasiadi, ochib berishdi.
Uchrashuv davomida volontyorlar Futzal bo’yicha FIFA Jahon Chempionati-2024 tarixi va Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan qur’a natijalari bilan tanishdilar. Unga ko’ra o‘yinlarda butun dunyodan 24 ta jamoa ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov murojaat so’zida Jahon miqyosidagi nufuzli chempionat mezbonligi aynan O’zbekistonga berilganini alohida ta’kidlab o’tdi va shu o’rinda bu kabi yurtimizni nomini dunyoga tanitadigan xalqaro tadbirlarda yoshlarni faol bo’lishga chaqirdi.
FIFA Futzal Jahon chempionati bosh tashkilotchisi Muhammadsodiq Sodiq-Ohunov FIFAning barcha o’yinlarida volontyorlarga e’tibor va g’amxo’rlik ko’rsatilayotganiga alohida urg’u berdi. Aynan o’zi ham professionallik yo’llarini volontyorlikdan boshlagani va u bilan yana bir qator volontyorlar ham yurtimiz va dunyo miqyosida o’zini yo’li va mavqeyini topgani haqida gapirib o’tdi.
Dunyo miqyosida bir qator volontyorlik dasturlari mavjud, lekin ular ichidan eng namunalisi FIFA volontyorlik dasturidir.
Uchrashuv davomida volontyorlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarni berish va ularga javob olish imkoniga ega bo‘ldilar. Shuningdek, hududiy volontyor kordinatorlar yordamida FIFAning rasmiy veb-saytidan ro’yxatdan o’tishga muvaffaq bo’lishdi.
Eslatib o’tamiz yoshi 18 dan oshgan har bir inson, hatto yoshi ulug‘ faollar ham rasmiy FIFA volontyoriga aylanishi mumkin.
Ro’yxatdan o’tish FIFA rasmiy platformasida 15 iyulgacha ochiq.
https://volontyor.forms.ap/fifauchrashuveng
Qo’shimcha savollar bo’yicha FIFA ning rasmiy telegram kanali orqali javob topishingiz mumkin.
https://t.me/fwuzb