Free ebooks Library zlibrary project Встречайте 1win казино – место, где выигрывают. Надежное зеркало, удобный вход и промокоды помогут вам начать игру с максимальной выгодой!

OFK 2027-yilda Saudiya Arabistoni maydonlarida oʻtkaziladigan 19-Osiyo Kubogi sanalarini maʼlum qildi. Unga koʻra, qitʼa birinchiligi uchun kurash eng kuchli 24 jamoa ishtirokida 2027-yilning 7-yanvaridan 5-fevraliga qadar boʻlib oʻtadi.

Qayd etilishicha, turnir Ar-Riyod, Jidda va Al-Hobar shaharlaridagi 8 ta stadionda (“King Fahd Sports City”, “King Abdullah Sports City”, “Al-Hobar”, “Kingdom Arena”, “King Saud University”, “Prince Abdullah Al Faisal Sports City”, “ Imom Muhammad ibn Saud” va “Al-Shabab”) oʻtkaziladi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Milliy terma jamoasi turnir ishtirokchisi sanaladi.