Bugun Kuala-Lumpur shahrida 2026-yilgi U-23 Osiyo kubogiga qur’a tashlandi. Unga ko‘ra Ravshan Haydarov boshqaruvidagi O‘zbekiston U-23 terma jamoasi “C” guruhidan joy oldi, jamoamizga Koreya Respublikasi, Eron hamda Livan raqiblik qiladi.

“C” guruhi
O‘zbekiston
Koreya Republikasi
Eron
Livan

Qur’a mexanizmiga ko‘ra jamoamiz birinchi turda, Livan, ikkinchi turda Eron va uchinchi turda Koreya Respublikasiga qarshi bahs olib boradi.
1-tur
O‘zbekiston – Livan
2-tur
Eron – O‘zbekiston
3-tur
O‘zbekiston – Koreya Respublikasi

U-23 Osiyo kubogi 2026-yilning 7–25-yanvar kunlari Saudiya Arabistonining Jidda va Ar-Riyod shaharlarida o‘tkaziladi. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi ushbu turnirning 1 karra chempion (2018) va 2 karra vitse-chempioni hisoblanadi (2022, 2024)