Qur’a natijalariga ko’ra Vladimir Panov boshchiligidagi O’zbekiston U-20 qizlar terma jamoasi KXDR, Janubiy Koreya va Iordaniya yoshlar terma jamoalari bilan birgalikda “B” guruhidan o’rin oldi.
Eslatib o’tamiz, ushbu musobaqada 2026-yilning aprel oyida Tailand mamlakatida bo’lib o’tadi. Mazkur turnirda yarim finalga qadar yetib borgan 4 ta terma jamoa kelgusi yili Polshada bo’lib o’tadigan Jahon chempionatiga yo’llanma oladi.
