Free ebooks Library zlibrary project Встречайте 1win казино – место, где выигрывают. Надежное зеркало, удобный вход и промокоды помогут вам начать игру с максимальной выгодой!

Bugun Kuala-Lumpur shahrida 2025-yilgi U-17 Osiyo kubogiga qur’a tashlandi. Unga ko‘ra Islom Ismoilov boshqaruvidagi Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi “A” guruhidan oʻrin oldi. Guruhda jamoamizga turnir mezboni Saudiya Arabistoni, Tailand va Xitoy raqiblik qiladi.

“A” guruhi

Saudiya Arabistoni (mezbon)
O‘zbekiston
Tailand
Xitoy

Qur’a mexanizmiga ko‘ra jamoamiz birinchi turda, Tailand, ikkinchi turda Xitoy va uchinchi turda Saudiya Arabistoniga qarshi bahs olib boradi.

1-tur
O‘zbekiston – Tailand
2-tur
Xitoy – O‘zbekiston
3-tur
Saudiya Arabistoni – O‘zbekiston

2025-yilgi U-17 Osiyo kubogi joriy yilning 3–20-aprel kunlari Saudiya Arabistonining Jidda va Taif shaharlarida o‘tkaziladi. Mazkur musobaqa 5–27-noyabr kunlari Qatarda bo‘lib o‘tadigan 17 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi FIFA Jahon chempionatiga saralash vazifasini ham o‘tab beradi. Musobaqaning eng yaxshi 8 ta jamoasi 2025-yilgi o‘smirlar o‘rtasidagi mundialda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.