Free ebooks Library zlibrary project

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati va Turkiyaning “KOC Construction” kompaniyasi vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda qurilishi rejalashtirilgan Yangi Toshkent stadionining loyihasi ko‘rib chiqildi. Shuningdek, loyiha bo‘yicha taqdimot tinglanib, arxitektura va texnik yechimlar batafsil muhokama qilindi.

O‘FA rahbariyati mavjud chizmalar bo‘yicha o‘z takliflarini bildirib, ayrim yo‘nalishlarni takomillashtirish zarurligini qayd etdi. 

Loyiha FIFA va OFK talablariga to‘liq mos bo‘lishi, muxlislar uchun qulay va xavfsiz kirish yo‘laklari tashkil etilishi, zamonaviy avtoturargoh infratuzilmasi barpo etilishi, shuningdek, stadion hududida yuqori darajadagi restoran va ovqatlanish maskanlari yaratilishi kabi jihatlar ham alohida muhokama qilindi. 

Stadionning o‘yin oldi tashkiliy jarayonlari, media xodimlari uchun zamonaviy va qulay sharoitlar, tibbiyot bo‘limlari hamda boshqa funksional zonalarning xalqaro standartlarga muvofiq tashkil etilishi masalalari ham o‘rganib chiqildi.

Tomonlar faoliyatni birgalikda davom ettirish va stadion konsepsiyasini yanada mukammallashtirish bo‘yicha takliflarni muhokama qildi.