Jahon chempionati-2022 saralashi ikkinchi bosqichi “D” guruhida 5 ta uchrashuvdan soʼng 9 ochko jamgʼargan holda musobaqa jadvalining 1-pogʼonasini egallab turgan Oʼzbekiston milliy terma jamoasi 2020-yilda saralash doirasida 3 ta juda muhim oʼyin oʼtkazishidan xabaringiz bor.

Navbatdagi uchrashuvda Vadim Аbramov shogirdlari 31-mart kuni Yaman mehmoni boʼlishadi. Ushbu oʼyinga jiddiy hozirlik olib borish maqsadida terma jamoamiz 18-24-fevral kunlari BААda yigʼin oʼtkazishi haqida oldinroq maʼlumot bergan edik.

Bosh jamoamiz 18-fevral kuni Birlashgan Arab Amirliklariga yoʼl oladi.

Mazkur yigʼin doirasida Belarus terma jamoasi bilan oʼrtoqlik uchrashuvida maydonga tushiladi. Uchrashuv 23-fevral kuni Sharjadagi “Al Hamriya” stadionida soat 18:00da boʼlib oʼtadi.

 

Yigʼinga chaqirilgan futbolchilar roʼyxati:

 

Ism-familiyasi Tug’ilgan sanasi Jamoasi Ampluasi
1. Eldorbek Suyunov 12.04.1991 «Paxtakor» Darvozabon
2. Аbduvohid Neʼmatov 20.03.2001 «Nasaf» Darvozabon
3. Аbdumavlon Аbdujalilov 22.12.1994 «Bunyodkor» Darvozabon
4. Yegor Krimets 27.01.1992 «Paxtakor» Himoyachi
5. Umarbek Eshmurodov 30.11.1992 «Paxtakor» Himoyachi
6. Islomjon Qobilov 01.06.1997 «Bunyodkor» Himoyachi
7. Husniddin Аliqulov 04.04.1999 «Nasaf» Himoyachi
8. Murod Xolmuhammedov 23.12.1990 «Qo’qon-1912» Himoyachi
9. Oleg Zoteev 05.07.1989 «Lokomotiv» Himoyachi
10. Sardor Qulmatov 22.11.1994 «So’g’diyona» Himoyachi
11. Аkbarjon Ismatullayev 10.01.1991 «Metallurg» Himoyachi
12. Sharof Muxitdinov 14.07.1997 «Nasaf» Yarim himoyachi
13. Sanjar Qodirqulov 27.05.1997 «Bunyodkor» Yarim himoyachi
14. Jasurbek Jaloliddinov 15.05.2002 «Bunyodkor» Yarim himoyachi
15. Oybek Bozorov 07.08.1997 «Nasaf» Yarim himoyachi
16. Аzizbek Turgʼunboyev 01.10.1994 «Navbahor» Yarim himoyachi
17. Аbrorbek Ismoilov 08.01.1998 «Paxtakor» Yarim himoyachi
18. Igor Sergeev 30.04.1993 «Paxtakor» Hujumchi
19. Bobir Аbdixoliqov 23.04.1997 «Nasaf» Hujumchi
20. Humoyun Murtazoev 08.11.1992 «Bunyodkor» Hujumchi
21. Shoxruz Norxonov 13.04.1993 «So’g’diyona» Hujumchi