Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda soʻnggi turlar doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar koʻrib chiqildi.

 

“QIZILQUM” — “SURXON”

Oʻzbekiston Superligasining 10-turidan oʻrin olgan “Qizilqum”— “Surxon” uchrashuvning 54-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Iqboljon Malikjonov bosh hakam tomonidan ogohlantirilgandan soʻng yon hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Iqboljon Malikjonovga nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

 

“DINAMO” — AGMK

Superliganing 10-turi doirasidagi “Dinamo”— AGMK uchrashuvning 90+5-daqiqasida AGMK jamoasi murabbiyi Pavel Bugalo yon hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Pavel Bugaloga nisbatan 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

 

“SURXON” — “SOʻGʻDIYONA”

U-21 Birinchiligi 9-turi doirasidagi “Surxon”— “Soʻgʻdiyona” uchrashuvning 78-daqiqasiga kelib “Surxon” jamoasi futbolchisi Asilbek Temirov oʻyin toʻxtatilgan vaqtda raqib oʻyinchisining koʻkrak qismiga urgani va tajovuzkor hatti-xarakati uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Asilbek Temirovga nisbatan 3ta oʻyinga diskvalifikatsiya va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

 

“ARAL” — “CHIGʻATOY”

Birinchi liga 6-turi doirasidagi “Aral”— “Chigʻatoy” uchrashuvning 90-daqiqasiga kelib oʻyin toʻxtatilgan vaqtda “Aral” jamoasi futbolchisi Asad Djumanmuratov raqib oʻyinchisiga nisbatan qilgan tajovuzkor hatti-xarakati uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Asad Djumanmuratovga nisbatan 3ta oʻyinga diskvalifikatsiya va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

 

“QIZILQUM-W” — “NEFTCHI-W”

Ayollar Oliy ligasi 7-turi doirasidagi “Qizilqum-W” — “Neftchi-W” uchrashuvning 90+2-daqiqasida “Qizilqum-W” jamoasi futbolchisi Eʼzoza Sharipova jamoasiga nisbatan oʻyin qoidasi buzilgandan soʻng raqib oʻyinchisi shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgan va qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Eʼzoza Sharipovaga nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish chorasi qoʻllanildi.

 

“NAVBAHOR — “METALLURG”

Futzal Oliy ligasi 12-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari”— “Metallurg” uchrashuvining 40-daqiqasida hakam tomonidan “Navbahor” jamoasi oʻyinchisi Doniyor Sotvoldiyevga qizil kartochka koʻrsatiladi. Shundan soʻng “Navbahor” jamoasi futbolchisi Ilxom Yusupjanov uchrashuv hakami oldiga borib oʻz eʼtirozlarini qoʻpol tarzda bildiradi va unga nisbatan kuch ishlatadi.

Shuningdek, jamoa aʼzolari va boshqalar tomonidan janjalli holatni bartaraf etish choralari koʻrilayotgan vaqtda yana bir “Navbahor” futbolchisi Gʻulomjon Mamadjonov ham uchrashuv hakamiga nisbatan kuch ishlatadi.

Mazkur uchrashuv internet orqali toʻgʻridan-toʻgʻri efirda namoyish etilayotgani, keyinchalik ushbu holat aks ettirilgan videoyozuv ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan va keng jamoatchilik tomonidan jiddiy eʼtirozlarga sabab boʻlgan.

QAROR

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Intizom kodeksining 5.48, 5.49-bandiga asosan “Navbahor” futbolchilari Ilxom Yusupjanov va Gʻulomjon Mamadjonovga nisbatan 2 yil muddatga futbol bilan bogʻliq har qanday faoliyatdan chetlashtirish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Shuningdek, “Navbahor lochinlari” klubi tomonidan 2022-yilgi mavsumda Oʻzbekiston professional futbol ligasi tomonidan oʻtkaziladigan musobaqalar Reglamentining 16.2,16.3,16.4-bandlariga rioya qilinmagani uchun klubga ham jarima intizom chorasi qoʻllanildi.