Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу!

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda soʻnggi turlar doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar koʻrib chiqildi.

Coca-Cola Superligasi

“Metallurg” — “Neftchi”

Oʻzbekiston Superligasining ilk turidan oʻrin olgan “Metallurg” hamda “Neftchi” jamoalari oʻrtasidagi bahsning 90-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Vladislav Kasminin oyogʻining tag qismi bilan raqibining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Vladislav Kasmininga (“Metallurg”) nisbatan 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

 

“Surxon” — “Andijon”

Oʻzbekiston Superligasining 2-turidan oʻrin olgan “Surxon” — “Andijon” jamoalari oʻrtasidagi bahsning 90+9 daqiqasida mehmonlar futbolchisi Rubin Xebay bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgan va maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Rubin Xebayga (“Andijon”) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

 

“Navbahor lochinlari” — “Metallurg”

Oʻzbekiston Superligasining 2-turidan oʻrin olgan “Navbahor lochinlari” — “Metallurg” jamoalari oʻrtasidagi bahsning 73-daqiqasida mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan raqib futbolchisi Ibrohim Ibragimovga nisbatan provokatsion harakatlar qilgan (bu harakati uchun S.Babayan sariq kartochka bilan ogohlantirilgan). Bunga javoban Ibrohimov uning shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgan va maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Ibrohim Ibragimovga (“Metallurg”) nisbatan 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima, Samvel Babayanga (“Navbahor lochinlari”) nisbatan esa jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

 

“Soʻgʻdiyona” — “Olimpik”

Oʻzbekiston Superligasining 2-turidan oʻrin olgan “Soʻgʻdiyona” — “Olimpik” jamoalari oʻrtasidagi bahsning 26-daqiqasida mehmonlar vakili Jasur Jaloliddinov raqib futbolchisining oyoq qismiga toʻpsiz vaziyatda zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Jasur Jaloliddinovga (“Olimpik”) nisbatan 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

 

“Metallurg” — “Qizilqum”

Oʻzbekiston Superligasining 3-turidan oʻrin olgan “Metallurg” — “Qizilqum” jamoalari oʻrtasidagi bahsning 42 daqiqasida “Qizilqum” futbolchisi Nikolay Tarasov bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Nikolay Tarasovga (“Qizilqum”) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

 

“Paxtakor” — “Navbahor lochinlari”

Superliganing 3-turidan oʻrin olgan “Paxtakor” — “Navbahor lochinlari” jamoalari oʻrtasidagi bahsning 68-daqiqasida mehmon jamoa muxlislari tomonidan maydon va futbolchilar tomon turli buyumlar uloqtirilgan. “Paxtakor” futbolchisi Shahzod Azmiddinov esa raqib muxlislariga javoban ular tomon tosh uloqtirgan.

Shuningdek, uchrashuvning 78-daqiqasida mehmonlar vakili Davron Xoshimov raqib futbolchisi boshining orqa qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Shahzod Azmiddinovga (“Paxtakor”) nisbatan jarima intizom chorasi, Davron Xoshimovga nisbatan esa 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Muxlislar xatti-harakati uchun “Navbahor lochinlari” futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

 

Pro liga

“Aral” — “Andijon SGS”

Pro liganing 2-turidan oʻrin olgan “Aral” va “Andijon SGS”

jamoalari oʻrtasidagi bahsning 90+8-daqiqasida mehmonlar vakili Fayzullo Nurmuhammadov raqibiga koʻkrak qismi bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Fayzullo Nurmuhammadovga (“Andijon SGS”) nisbatan 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

 

“Qoʻqon-1912” — “Mashʼal”

Pro liganing 2-turidan oʻrin olgan “Qoʻqon-1912” — “Mashʼal”

jamoalari oʻrtasidagi bahsning 73-daqiqasida mehmonlar vakili Shoʻta Gvazava raqib futbolchisining toʻpiq qismini qasddan bosgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Shoʻta Gvazavaga (“Mashʼal”) nisbatan 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

 

U-21 chempionati

“Paxtakor U-21” — “Olimpik U-21”

U-21 chempionatining 1-turi doirasidagi “Paxtakor U-21” — “Olimpik U-21” uchrashuvining 86-daqiqasida mehmon jamoa futbolchilari Dilshod Yuldashev, Ahmadullo Muqumjonov va Muhammadali Gʻiyosov raqiblariga nisbatan qoʻpol xatti-harakat koʻrsatganlari uchun maydondan chetlashtirilgan.

Mezbonlar vakili Sunatilla Poyonov ham mazkur voqeada ishtirok etgan hamda raqibiga qoʻl bilan zarba bergan. Shuningdek, Alisher Moʻminov zaxira oʻrindigʻini tark etib, maydon tomon yugurib chiqqan hamda raqibiga qoʻl qismi bilan zarba bergan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, “Olimpik U-21” futbolchilari Dilshod Yuldashev, Ahmadullo Muqumjonov va Muhammadali Gʻiyosovga nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Paxtakor U-21” vakillari Sunatilla Poyonov va Alisher Moʻminovga nisbatan esa 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

 

“Qizilqum U-21” — “Buxoro U-21”

U-21 chempionatining 2-turi doirasidagi “Qizilqum U-21” — “Buxoro U-21” uchrashuvining 24-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Javohir Roʻziyev oyogʻining tag qismi bilan raqibining qorin qismiga zarba bergani uchun qizil kartochka bilan jazolangan. Uchrashuvning 53-daqiqasida esa “Qizilqum U-21” vakili Jaloliddin Sodiqov oʻz jamoadoshining yuz qismiga qoʻli bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Javohir Roʻziyevga (“Buxoro U-21”) nisbatan 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish, Jaloliddin Sodiqovga (“Qizilqum U-21”) nisbatan esa 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

 

“Nasaf U-21” — “Turon U-21”

U-21 chempionatining 2-turi doirasidagi “Nasaf U-21” — “Turon U-21” uchrashuvning 90+5-daqiqasida uchrashuv toʻxtatilgan vaqtda mehmonlar futbolchisi Miraziz Maxamadaliyev yerda yotgan raqibiga koʻrsatgan tajovuzkor harakati sababli qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Miraziz Maxamadaliyevga (“Turon U-21”) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

 

“Olimpik U-21” — “OKMK U-21”

U-21 chempionatining 3-turi doirasidagi “Olimpik U-21” — “OKMK U-21” uchrashuvning 59-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Alisher Odilov hamda “OKMK U-21” futbolchisi Dilshod Yoqubov agressiv holatda bir-biriga nisbatan tajovuzkor harakatlar sodir qilishgan. Bu vaziyatda bosh hakam ularning har ikkisini maydondan chetlashtirgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Alisher Odilovga (“Olimpik U-21”) nisbatan 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya va jarima, Dilshod Yoqubovga nisbatan esa 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

 

Barcha murabbiy, futbolchi, hakam va rasmiylarga murojaat qilib, har qanday vaziyatda ehtiroslarga berilmasdan, ogʻir-vazmin va professional boʻlishga chaqiramiz. Shu oʻrinda Sizlar oʻsib kelayotgan yoshlar uchun oʻrnak-namuna ekanliklaringizni yana bir bor eslatib oʻtamiz!