Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda soʻnggi turlar doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar koʻrib chiqildi.
Superliga
“Qizilqum” — “Navbahor lochinlari”
Oʻzbekiston Superligasining 14-turi doirasidagi “Qizilqum” — “Navbahor lochinlari” uchrashuvida “Qizilqum” klubi murabbiyi Tachmurod Agamurodov “Superliga va Pro liga reglamenti”ning 16.23 hamda 16.30-bandlarini buzganligi, yaʼni uchrashuv davomida uchrashuv komissarining ogohlantirishiga qaramay texnik zonani tark etganligi va texnik zonada beyjiksiz harakatlangani qayd etilgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Tachmurod Agamurodovga (Qizilqum) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Buxoro” — “Turon”
Superliganing 14-turi doirasidagi “Buxoro” — “Turon” uchrashuvining 16-daqiqasida “Buxoro” futbol klubi futbolchisi Vsevolod Nixayev toʻp uchun kurashish vaqtida oyogʻining tag qismi bilan raqib oʻyinchisining oyoq qismiga zarba bergan.
Shuningdek, oʻyin yakunlangandan soʻng “Buxoro” futbol klubining muxlislari tomonidan maydon va futbolchilar tomonga turli buyumlar uloqtirilgan. Yelim idishlardan biri toʻp olib beruvchi bolaning boshiga teggani qayd etilgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Vsevolod Nixayevga (Buxoro) nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Buxoro” futbol klubiga nisbatan esa jarima intizom chorasi belgilandi. Mazkur holat takrorlangan taqdirda “Buxoro” futbol klubi uy uchrashuvlarini muxlislarsiz oʻtkazishi toʻgʻrisida ogohlantirildi.
“Andijon” — “Nasaf”
Superliganing 14-turi doirasidagi “Andijon” — “Nasaf” uchrashuvining 61-daqiqasida “Andijon” futbol klubining futbolchisi Sardor Azimov toʻp uchun kurashish vaqtida oyogʻining tag qismi bilan raqib oʻyinchisining oyoq qismiga zarba bergani qayd etilgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Sardor Azimovga (Andijon) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
OKMK — “Surxon”
Superliganing 14-turi doirasidagi OKMK — “Surxon” uchrashuvida OKMK futbol klubi tahlilchisi Vitaliy Lushachov “Superliga va Pro liga reglamenti”ning 16.27-bandlarini buzganligi, yaʼni texnik zonada tamaki mahsulotini chekkani qayd etilgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Vitaliy Lushachovga (OKMK) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Andijon” — “Surxon”
Superliganing 15-turi doirasidagi “Andijon” — “Surxon” uchrashuvining 26-daqiqasida “Surxon” futbol klubi futbolchisi Behruz Shaydulov toʻp uchun kurashish vaqtida oyogʻining tag qismi bilan raqib oʻyinchisining son qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Behruz Shaydulovga (Surxon) nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Metallurg” — “Navbahor lochinlari”
Superliganing 15-turi doirasidagi “Metallurg” — “Navbahor lochinlari” uchrashuvining 88-daqiqasida “Navbahor lochinlari” futbol klubi futbolchisi Abror Ismoilov yon hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra,Abror Ismoilovga (Navbahor lochinlari) nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Paxtakor” — “Neftchi”
Superliganing 15-turi doirasidagi “Paxtakor” — “Neftchi” uchrashuvining 52-daqiqasida “Paxtakor” futbol klubi bosh murabbiyi Maksim Shatskix bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Maksim Shatskixga (Paxtakor) nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
Pro liga
“Xorazm” — “Yunired”
Pro liganing 12-turi doirasidagi “Xorazm” — “Yunired” uchrashuvining 76-daqiqasida “Yunired” klubi futbolchisi Diyor Qahramonov toʻpsiz vaziyatda qoʻl qismi bilan raqib oʻyinchisiga zarba bergan uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Diyor Qahramonovga (Yunired) nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
Birinchi liga
“Olimpiya” — “Nasaf farm”
Birinchi liganing 11-turi doirasidagi “Olimpiya” — “Nasaf farm” uchrashuvining 59-daqiqasida “Nasaf farm” jamoasi futbolchisi Shohruz Ismatov bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Shohruz Ismatovga (Nasaf farm) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
U-21 chempionati
“Olimpik U-21” — “Soʻgʻdiyona U-21”
U-21 chempionatining 15-turi doirasidagi “Olimpik U-21” — “Soʻgʻdiyona U-21” uchrashuvining 90-daqiqasida “Soʻgʻdiyona U-21” jamoasi murabbiyi Ulugʻbek Boqiyev bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Ulugʻbek Boqiyevga (Soʻgʻdiyona U-21) nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Turon U-21” — “Nasaf U-21”
U-21 chempionatining 15-turi doirasidagi “Turon U-21” — “Nasaf U-21” uchrashuvi yakunlangandan soʻng “Nasaf U-21” jamoasi futbolchisi Bekjon Joʻraboyev bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Bekjon Joʻraboyevga (Nasaf U-21) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
U-19 chempionati
“Aral U-19” — “Yunired U-19”
U-19 chempionatining 12-turi doirasidagi “Aral U-19” — “Yunired U-19” uchrashuvining 58-daqiqasida “Yunired U-19” jamoasi futbolchisi Iskandar Mallayev bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Iskandar Mallayevga (Yunired U-19) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
Ayollar Oliy ligasi
“Buxoro W” — “Paxtakor W”
Ayollar Oliy ligasining 12-turi doirasidagi “Buxoro W” — “Paxtakor W” uchrashuvining 19-daqiqasida “Buxoro W” jamoasi futbolchisi Iroda Aliqulova hamda “Paxtakor W” jamoasi futbolchisi Umida Xatamova oʻzaro janjallashib, bir-birlariga zarba berganliklari qayd etilgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, ularning har ikkisiga nisbatan 4 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
“OKMK W” — “Sevinch W”
Ayollar Oliy ligasining 12-turi doirasidagi “OKMK W” — “Sevinch W” uchrashuvining 71-daqiqasida “OKMK W” jamoasi futbolchisi Munisa Giyasova hamda “Sevinch W” jamoasi futbolchisi Malika Burxanova oʻzaro janjallashib, bir-birining yuz qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, ularning har ikkisiga nisbatan 4 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
Barcha murabbiy, futbolchi, hakam va rasmiylarga murojaat qilib, har qanday vaziyatda ehtiroslarga berilmasdan, ogʻir–vazmin va professional boʻlishga chaqiramiz. Shu oʻrinda Sizlar oʻsib kelayotgan yoshlar uchun oʻrnak-namuna ekanliklaringizni yana bir bor eslatib oʻtamiz!