Free ebooks Library zlibrary project Встречайте 1win казино – место, где выигрывают. Надежное зеркало, удобный вход и промокоды помогут вам начать игру с максимальной выгодой!

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston milliy terma jamoasining noyabr oyidagi FIFA kunlari uchun kengaytirilgan tarkibi eʼlon qilingan edi. Srechko Katanes mazkur oʻquv-mashgʻulotlar yigʻiniga chaqiriladigan futbolchilarning yakuniy roʻyxatini eʼlon qildi.

Rustam Ashurmatov viza bilan bogʻliq muammolar sabab bu galgi yigʻinda ishtirok etolmaydi. Uning oʻrniga “Paxtakor” klubi aʼzosi Marlen Chobanov jalb etildi.

Maʼlumot oʻrnida, vakillarimiz bugun mazkur yigʻin doirasidagi ilk mashgʻulotni oʻtkazishadi. Mashgʻulotlar “Paxtakor” stadionida soat 17:15 da boshlanadi va uning dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq.