O’zbekiston milliy terma jamoasi 30-avgustdan 4-sentyabrga qadar Toshkentda o’quv-mashg’ulot yig’ini olib boradi.
Bosh murabbiy Vadim Abramov mazkur yig’inga mahalliy klublardan 26 nafar futbolchini chaqirdi.
FIFA sentyabr oyidagi FIFA kunlarini 2022-yil yanvar oyiga ko’chirganligi, pandemiya sharoitida parvozlarni amalga oshirishdagi qiyinchiliklar va boshqa cheklovlar sabab xorijiy chempionatlarda to’p surayotgan o’zbekistonlik futbolchilar ushbu yig’inga jalb etilmadi.
Yig’in doirasida Milliy terma jamoamiz Tojikiston vakillariga qarshi o’rtoqlik o’yinida maydonga tushadi. Uchrashuv 3-sentyabr kuni “Lokomotiv” stadionida bo’lib o’tishi rejalashtirilgan.
Yig’inga chaqirilgan futbolchilar ro’yxati: