Free ebooks Library zlibrary project

Avval xabar berganimizdek, O’zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 va Osiyo kubogi-2023 qo’shma saralash bosqichidagi qoldirilgan uchrashuvlarni oktyabr va noyabr oylarida o’tkazadi.

Ushbu bahslar oldidan MTJ uchun sentyabr oyida Toshkentda o’quv-mashg’ulot yig’ini tashkil etiladi. Shu sababli, milliy terma jamoa a’zolari 4-sentyabr kuni Tojikiston vakillari bilan o’rtoqlik o’yini o’tkazishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, mazkur yig’in doirasida Vadim Abramov murabbiyligi ostidagi Milliy jamoamiz Eronga qarshi o’rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Eron Islom Respublikasi futbol federatsiyasi bilan kelishgan holda, ushbu uchrashuv 7-sentyabr kuni “Bunyodkor” stadionida bo’lib o’tishi belgilandi.