Free ebooks Library zlibrary project

O‘zbekiston U-15 terma jamoasi “CAFA U-17 Championship-2023” turnirining dastlabki ikki uchrashuvida g’alaba qozondi.

Dastlab, 20-avgust kuni Eron Islom Respublikasi terma jamoasiga qarshi bahs olib borgan vakillarimiz raqibni 3:1 hisobida taslim etdi. Jamshidbek Rustamov chiroyli gol bilan hisobni ochgan bo’lsa, Nurbek Sarsenboyev dubl muallifiga aylandi.

Ikkinchi uchrashuvda esa Islom Ismoilov shogirdlari Qirg’iz Respublikasi terma jamoasini 2:0 hisobida mag’lubiyatga uchratdi. Gollarga Asadbek Ramilov va Nurbek Sarsenboyev mualliflik qildi.

Shu tariqa ikki uchrashuv yakuniga ko‘ra 6 ochko jamg‘argan O‘zbekiston terma jamoasi turnir jadvalida 1-o’rinni egallab turibdi.