O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi Osiyo futbol konfederatsiyasi bilan yirik xalqaro turnirlarga mezbonlik qilish bo’yicha hamkorlikni davom ettirmoqda.

Xabaringiz bor, O’FA 2022-yilgi U23 Osiyo kubogi O’zbekistonda qabul qilish bo’yicha OFKga so’rovnoma yuborgan edi. O’FA mutaxassislari mazkur chempionatni mamlakatimizda o’tkazish bo’yicha tender jarayoniga doir zaruriy hujjatlarni OFK vakillariga taqdim etdi va ko’plab muzokaralarni olib bordi.

Natijada Osiyo futbol konfederatsiyasi U23 Osiyo kubogi-2022 bellashuvlarini yurtimiz yashil maydonlarida bo’lib o’tishiga rozilik bildirdi.

2013-yildan buyon tashkil etib kelinayotgan ushbu musobaqada hozirga qadar O’zbekiston, Janubiy Koreya, Yaponiya va Iroq U23 terma jamoalari bosh sovrinni qo’lga kiritgan.