Tashrif davomida mehmonlar O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vakillari hamrohligida Toshkent shahridagi Haydar Aliyev haykali poyiga gul qo‘yib, taniqli davlat arbobining xotirasiga hurmat bajo keltirishdi.
Shundan so‘ng delegatsiya “Paxtakor” stadionida o‘rnatilgan yodgorlik va Botkin qabristonida 1979-yilgi fojiali aviahalokat qurboni bo‘lgan jamoa a’zolarini xotirlashdi.
Shuningdek, “Bunyodkor” akademiyasi maydonida ikki mamlakat faxriy futbolchilari o‘rtasida do‘stlik uchrashuvi ham tashkil etilib, unda 5:5 hisobi qayd etildi.
Ushbu tashrif O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi sport aloqalarini mustahkamlash, shuningdek, futbol orqali do‘stlik va yaqin hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.