Timur Kapadze boshchiligidagi Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi Xebeydagi yigʻin doirasida Xitoy U-23 termasiga qarshi oʻyin oʻtkazdi. Uchrashuvda vakillarimiz ishonchli hisobda gʻalabani rasmiylashtirdilar.
Xitoy 1:3 Oʻzbekiston
Gollar: Mahmud Maxamadjonov 52ʼ, Umarali Rahmonaliyev 73ʼ, Alisher Odilov 90+1ʼ, Liang Vey Peng 90+2ʼ.