Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу!

2019 yilning 1 aprelida OʼFА Etika qoʼmitasi tomonidan “Navbahor” futbol klubining sobiq bosh murabbiyi Ilhom Moʼminjonov 4 yil muddatga futboldagi har qanday faoliyatdan chetlashtirilgan edi.

2020 yilning 3 yanvarida “Surxon” futbol klubi Etika qoʼmitasiga Ilhom Moʼminjonov ishini qayta koʼrib chiqishni soʼrab murojaat qildi. Mazkur murojaatda “Surxon” futbol klubi kafil sifatida Ilhom Moʼminjonovning diskvalifikatsiyasi boʼyicha qarorni qayta koʼrib chiqib, uning murabbiylik faoliyati tiklanishi soʼralgan.

Mazkur murojaat OʼFА Etika qoʼmitasi tomonidan atroflicha oʼrganib chiqildi. Qolaversa, Ilhom Moʼminjonov chin koʼngildan pushaymon ekanligi, shuningdek uni diskvalifikatsiya qilishda asosan bir tomonlama dalillarga asoslanganini bildirdi. Bundan tashqari Ilhom Moʼminjonov Etika qoʼmitasiga vaziyatni yanada yaxshiroq oʼrganish uchun qoʼshimcha maʼlumotlar va oʼzi faoliyat yuritgan futbol klublari xodimlarining u haqidagi tavsifnomalarini taqdim etdi.

Etika qoʼmitasi tomonidan “Surxon” futbol klubini Moʼminjonovning bundan keyingi faoliyatiga kafolat berayotganligi, “Navbahor” klubining xodimlari va futbolchilari tomonidan unga nisbatan ijobiy tavsif berilganligi, oʼtgan bir yil davomida murabbiyning mazkur holat yuzasidan zarur xulosalar chiqarganligi va pushaymon boʼlganligi inobatga olinib, Ilhom Moʼminjonovga nisbatan qoʼllanilgan 4 (toʼrt) yil muddatga futboldagi har qanday faoliyatdan chetlashtirish intizomiy jazo chorasi qisqartirildi. Endilikda OʼFА Etika qoʼmitasi qaroriga koʼra Ilhom Moʼminjonov diskvalifikatsiyasi 2020 yilning 31 dekabriga qadar amal qiladi.

Shu bilan bir qatorda, mazkur murabbiy tomonidan kelgusida bu kabi salbiy holatlarga yoʼl qoʼyilgan taqdirda qatʼiy chora koʼrilishi belgilab qoʼyildi.