Yurtimizda o’tadigan ayollar o’rtasidagi Osiyo kubogi-2022 saralash bahslariga tayyorgarlik ko’rayotgan O’zbekiston ayollar milliy terma jamoasi 29-mart kuni o’quv-mashg’ulot yig’inini boshlaydi.

Olmaliq shahrida o’tadigan mazkur yig’inga bosh murabbiy Bahrom Norsafarov 23 nafar futbolchini jalb etdi.

Ikki hafta davom etadigan yig’in davomida ushbu terma jamoamiz Hindiston va Belarus vakillariga qarshi maydonga tushadi.

5- va 11-aprel kuni tashkil etiladigan xalqaro o’rtoqlik uchrashuvlariga OKMK stadioni mezbonlik qiladi.

Xalqaro o’rtoqlik uchrashuvlari

5-aprel
O’zbekiston – Hindiston

8-aprel
Hindiston – Belarus

11-aprel
O’zbekiston – Belarus

Yig’inga chaqiruv olgan futbolchilar ro’yxati

Ism-familiyasi Ampluasi Klubi
1. Tilovova Laylo Darvozabon «Sevinch»
2. Jonimkulova Maftuna Darvozabon «Sevinch»
3. Boymatova Gulandon Darvozabon «Metallurg»
4. Ilasheva Ug‘iloy Himoyachi «AGMK»
5. Polyushkevich Angelina Himoyachi «Sevinch»
6. Iskandarova Nodira Himoyachi «Lokomotiv»
7. Shodiyeva Laylo Himoyachi «Sevinch»
8. Kosnikova Marina Himoyachi «Bunyodkor»
9. Shoyimova Maftuna Himoyachi «Sevinch»
10. Zaripova Kamila Himoyachi «AGMK»
11. Yusupova Madina Himoyachi «Metallurg»
12. Sharipova E’zoza Yarimhimoyachi «So’g’diyona»
13. Kamoltoyeva Nozima Yarimhimoyachi «Bunyodkor»
14. Burxonova Malika Yarimhimoyachi «Sevinch»
15. Zoirova Umida Yarimhimoyachi «Bunyodkor»
16. Jo’raboyeva Diyora Yarimhimoyachi «Metallurg»
17. Mamatkarimova Zarina Yarimhimoyachi «Sogdiana»
18. Narbekova Lianna Yarimhimoyachi «Metallurg»
19. Zayniddinova Shaxrizoda Yarimhimoyachi «Sevinch»
20. Rashidova Tojinisoxon Hujumchi «Navbaxor»
21. Norboyeva Aziza Hujumchi «Metallurg»
22. Xabibullayeva Diyoraxon Hujumchi «Sogdiana»
23. Kudratova Nilufar Hujumchi «Sevinch»