Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино вас ждут лучшие игры и привлекательные бонусы. Простая регистрация и зеркала для быстрого входа обеспечат вам комфортную игру. Не забудьте использовать промокоды для увеличения шансов на выигрыш.

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda soʻnggi turlar doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar koʻrib chiqildi.

Superliga
“Navbahor lochinlari” — “Neftchi”

Superliganing 26-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari” — “Neftchi” uchrashuvining 78-daqiqasida “Navbahor lochinlari” futbol klubi futbolchisi I.Nesterov uchrashuv to‘xtatilgan vaqtda texnik zonani tark etib, maydonga chiqqanligi hamda tartibsizlik vujudga keltirgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Ignatiy Nesterovga (Navbahor lochinlari) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Navbahor lochinlari” — “Neftchi”

Superliganing 26-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari” — “Neftchi” uchrashuvi davomida “Navbahor lochinlari” futbol klubi vitse prezidenti O.Samatov texnik zona hamda maydonga chiqib, provakatsion harakatlar qilgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Otabek Samatovga (Navbahor lochinlari) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

OKMK — “Nasaf”

Superliganing 26-turi doirasidagi OKMK — “Nasaf” uchrashuvining 83-daqiqasida OKMK futbol klubi futbolchisi S.Tursunov raqib o‘yinchisining yuz qismiga qo‘li bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Sanjar Tursunovga (OKMK) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Superliganing 25-turi doirasidagi “Turon” — “Andijon” uchrashuvining 37-daqiqasida “Turon” futbol klubi futbolchisi A.Aysarov to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Asilbek Aysarovga (Turon) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

OKMK — “Turon”

Superliganing 24-turi doirasidagi OKMK — “Turon” uchrashuvi yakunlangandan so‘ng, “Turon” futbol klubi shifokori A.Sotiboldiyev bosh hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun qizil kartochka ko‘rsatilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Adhamjon Sotiboldiyevga (Turon) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

“Olimpik” — “Navbahor lochinlari”

Superliganing 25-turi doirasidagi “Olimpik” — “Navbahor lochinlari” uchrashuvining 90+8-daqiqasida “Navbahor lochinlari” futbol klubi futbolchisi L.Chermel to‘p uchun kurashish vaqtida qo‘lining tirsagi bilan raqib o‘yinchisining yuz qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Luka Chermelga (Navbahor lochinlari) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Turon” — “Andijon”

Superliganing 25-turi doirasidagi “Turon” — “Andijon” uchrashuvi yakunlangandan so‘ng “Turon” futbol klubining bosh murabbiyi Y.Nazarov o‘yindan keyingi matbuot anjumanida tasdiqlanmagan, noto‘g‘ri ma’lumotlar bergani qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Yorqin Nazarovga (Turon) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Superliga va Pro liga reglamenti”ning 10.18-bandida Superliga klubi musobaqada futbolchining funksional holatini masofadan turib manitoring qilish imkonini beruvchi moslamadan foydalanish hamda bu boradagi xisobotni O‘FA uchun taqdim etishi kerakligi belgilangan. Aniqlanishicha, 2023-yilgi Superliga musobaqasida ishtirok etgan “Andijon”, “Navbahor Lochinlari”, “Bunyodkor”, “Metallurg”, “Buxoro”, “Neftchi” futbol klublari mazkur moslamani xarid qilgan bo‘lsada, belgilangan hisobotni O‘FAga taqdim etmagan. Shuningdek, OKMK va “Nasaf” futbol klublari ushbu moslamani xarid qilmagan va belgilangan talabni umuman bajarmagan. O‘FA Intizom kodeksining 5.22-bandiga asosan reglament talablarini bajarmagani uchun mazkur futbol klublariga nisbatan jarima intizom chorasini qo‘llash belgilandi.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, “Andijon”, “Navbahor Lochinlari”, “Bunyodkor”, “Metallurg”, “Buxoro” va “Neftchi” OKMK va “Nasaf” futbol klublariga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Pro-liga
“Mash’al” — “Sho‘rtan”

Superligaga o‘tish o‘yini doirasidagi “Mash’al” — “Sho‘rtan” uchrashuvining 71-daqiqasida “Mash’al” futbol klubi futbolchisi S.Sindarov to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining tizza qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Sobit Sindarovga (Mash’al) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

Birinchilik Kubogi
“Olimpik farm” — “Do‘stlik Toshkent”

Birinchilik Kubogining 6-turi doirasidagi “Olimpik farm” — “Do‘stlik Toshkent” uchrashuvining 33-daqiqasida “Do‘stlik Toshkent” jamoasi futbolchisi A.Rahimov to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Abdulaziz Rahimovga (Do‘stlik Toshkent) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

“Sementchi” — “Nasaf farm”

Birinchilik Kubogining 6-turi doirasidagi “Sementchi” — “Nasaf farm” uchrashuvining 90+1-daqiqasida “Nasaf farm” jamoasi futbolchisi J.Ne’matov yon hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun qizil kartochka ko‘rsatilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Jahongir Ne’matovga (Nasaf farm) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

U-21 chempionati
“Navbahor U21” — “Bunyodkor U21”

U21 chempionatining 24-turi doirasidagi “Navbahor U21” — “Bunyodkor U21” uchrashuvining 38-daqiqasida hamda uchrashuv yakunlangandan so‘ng “Navbahor U21” jamoasi murabbiyi X.Rizayev bosh hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Hasan Rizayevga (Navbahor U21) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Metallurg U21” — “Olimpik U21”

U21 chempionatining 26-turi doirasidagi “Metallurg U21” — “Olimpik U21” uchrashuvining 89-daqiqasida “Olimpik U21” jamoasi futbolchisi A.Odilov bosh hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Alisher Odilovga (Olimpik U21) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

“Olimpik U21” — “Navbahor U21”

U21 chempionatining 25-turi doirasidagi “Olimpik U21” — “Navbahor U21” uchrashuvining 78-daqiqasida “Navbahor U21” jamoasi futbolchisi M. Abdullayev to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining tizza qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Muxammadqodir Abdullayevga (Navbahor U21) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

“Neftchi U21” — “Qizilqum U21”

U21 chempionatining 25-turi doirasidagi “Neftchi U21” — “Qizilqum U21” uchrashuvi yakunlangandan so‘ng “Neftchi U21” jamoasi murabbiyi A.Alijonov yon hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun qizil kartochka ko‘rsatilgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Aziz Alijonovga (Neftchi U21) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Bunyodkor U21” — “Metallurg U21”

U21 chempionatining 25-turi doirasidagi “Bunyodkor U21” — “Metallurg U21” uchrashuvining 58-daqiqasida “Metallurg U21” jamoasi futbolchisi B. Abdullayev boshi bilan raqib o‘yinchisining yuz qismiga zarba bergani hamda “Bunyodkor U21” jamoasi futbolchisi A. Foziljonov unga javoban B.Abdullayevni bo‘yin qismidan bo‘g‘ganligi va bir-birlariga nisbatan tajovuzkor harakat qilgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Behruz Abdullayevga (Metallurg U21) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

“Bunyodkor U21” — “Metallurg U21”

U21 chempionatining 25-turi doirasidagi “Bunyodkor U21” — “Metallurg U21” uchrashuvining 58-daqiqasida “Metallurg U21” jamoasi futbolchisi B. Abdullayev boshi bilan raqib o‘yinchisining yuz qismiga zarba bergani hamda “Bunyodkor U21” jamoasi futbolchisi A. Foziljonov unga javoban B.Abdullayevni bo‘yin qismidan bo‘g‘ganligi va bir-birlariga nisbatan tajovuzkor harakat qilgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Abdufattox Foziljonovga (Bunyodkor U21) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

“Surxon U21” — “Olimpik U21”

U21 chempionatining 21-turi doirasidagi “Surxon U21” — “Olimpik U21” uchrashuvining 89-daqiqasida “Surxon U21” jamoasi futbolchisi A.Eshqobilov to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Azizbek Eshqobilovga (Surxon U21) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

Futzal Oliy ligasi
“Metallurg” — “Maksam Chirchiq”

Futzal Oliy ligasi 4-turi doirasidagi “Metallurg” — “Maksam Chirchiq” uchrashuvining 35-daqiqasida “Metallurg” jamoasi futbolchisi I.Biturayev qo‘l qismi bilan raqib o‘yinchisining yuz qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Islom Biturayevga (Metallurg futzal) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

Barcha murabbiy, futbolchi, hakam va rasmiylarni har qanday vaziyatda ehtiroslarga berilmasdan, professional boʻlishga chaqiramiz. Sizlar oʻsib kelayotgan yoshlar uchun namuna ekanliklaringizni yana bir bor eslatib oʻtamiz!