Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Hakamlar markazi tomonidan Turkiyada bosh va yordamchi hakamlar uchun o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etilgan.
Mashg‘ulotlar davomida bosh hakamlar va yordamchi hakamlar nazariy hamda amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etib, tajribali mutaxassislar – Farhod Abdullayev, Vladislav Seytlin va Baxtiyor Namozov rahbarligida malakalarini oshirmoqdalar.
Mazkur yig‘inning asosiy maqsadi – 2025-yilgi Superliga va Oʻzbekiston kubogi uchrashuvlarida hakamlarning yanada samarali va sifatli boshqaruvini ta’minlashdan iborat.
Yig‘in doirasida hakamlarimiz Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi, Ruminiya, Moldova va Rossiya jamoalari ishtirokidagi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlarini boshqarib borishmoqda.