Free ebooks Library zlibrary project

Osiyo kubogi saralash bosqichi bellashuvlariga hozirlik ko’rayotgan U20 O’zbekiston ayollar terma jamoasi uchun Olmaliq shahrida o’quv-mashg’ulot yig’ini tashkil etiladi.

Mazkur terma jamoamizning tayyorgarlik dasturidan o’rin olgan navbatdagi mashg’ulotlar 22-29 mart kunlari “OKMK” sport majmuasida bo’lib o’tadi.

Rustam Aripov faoliyatini “Surxon” klubida davom ettirayotganligi sababli, bosh murabbiy lavozimiga Ilhom Xanjariyev tayinlandi.

Ushbu o’quv-mashg’ulot davomida U20 O’zbekiston ayollar terma jamoasi “Lokomotiv-W” hamda “AGMK-W” vakillariga qarshi nazorat uchrashuvi o’tkazadi.

Avval xabar berganimizdek, 2022-yili bo’lib o’tadigan ayollar o’rtasidagi U20 Osiyo chempionati saralash bahslarining dastlabki bosqichi 14-22 avgust, ikkinchi bosqich uchrashuvlari esa 3-7 noyabr o’tkaziladi. Turnirning qur’a tashlash jarayonida U20 O’zbekiston ayollar terma jamoasi 1-savatchadan o’rin oladi.

Ma’lumot o’rnida, O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi 2022-yilgi U20 Osiyo kubogi final bosqichini yurtimiz maydonlarida o’tkazish maqsadida OFKga murojaat xati yo’llagan. Chempionat mezboni 2021-yil aprel oyida e’lon qilinishi rejalashtirilgan.

Ushbu o’quv-mashg’ulot yig’ini chaqiruv olgan futbolchilar ro’yxati:

Ism-familyasi Ampluasi Klubi
1. Nurullayeva Sevara Darvozabon “Sevinch”
2. Usmonova Ruxsora Darvozabon AGMK
3. Polyushkevich Angelina Himoyachi “Sevinch”
4. Shodiyeva Amina Himoyachi “Qizilqum”
5. Qo‘chqorova Sevinch Himoyachi AGMK
6. Kosnikova Marina Himoyachi “Bunyodkor”
7. Ibragimova Gulchiroy Himoyachi AGMK
8. Iskandarova Nodira Himoyachi “Lokomotiv”
9. Oktyabreva Sabrina Himoyachi BO‘SM “Oq Oltin” Guzar sh.
10. Aliyeva Durdona Himoyachi “Metallurg”
11. Toshpo‘latova Rushana Himoyachi “Sug‘diyona”
12 Otenazarova Aygerim Himoyachi AGMK
13 Seyitmirova Soxibabonu Yarimhimoyachi “Buxoro”
14 Zaynitdinova  Shaxrizoda Yarimhimoyachi Sevinch
15 Erkinova Kamola Alisher Yarimhimoyachi “Metallurg”
16 Mamatkarimova Zarina Yarimhimoyachi “So‘g‘diyona”
17 Suyunova Oysara Yarimhimoyachi “Lokomotiv”
18 Xatamova Umida Yarimhimoyachi “Paxtakor”
19 Boboqulova Albina Yarimhimoyachi “Qizilqum”
20 Rashidova Tojiniso Hujumchi “Navbaxor”
21 Jo‘rabayeva Diyora Hujumchi “Metallurg”
22 Abduganiyeva Jasmina Hujumchi “Lokomotiv”
23 Oraniyazova Leyla Hujumchi AGMK
24 Rustullayeva Leyla Hujumchi AGMK