U23 Osiyo kubogi saralash bahslariga tayyorgarlik ko’rayotgan O’zbekiston yoshlar terma jamoasi uchun 10-17 fevral kunlari Toshkent shahrida o’quv-mashg’ulot yig’ini tashkil etildi.

“Chig’atoy” stadionida o’tgan mashg’ulotlarga murabbiylar shtabi 26 nafar futbolchini jalb etdi. Ravshan Haydarov murabbiyligi ostidagi yoshlarimiz yig’in davomida Superliga klublariga qarshi nazorat uchrashuvlarida maydonga tushdi.

Kecha bo’lib o’tgan yig’inning so’nggi nazorat bahsida yoshlarimiz “Metallurg” vakillarini 2-0 hisobida mag’lub etdi. Gollarga Avaz O’lmasaliyev va Jasur Jaloliddinov mualliflik qildi.

Nazorat uchrashuvi

O’zbekiston U22 2-0 “Metallurg”

Gollar: Avaz O’lmasaliyev, Jasur Jaloliddinov

O’zbekiston U22: Azizxon Isakov, Marlen Chobanov, Jasurbek Yoqubov, Dilshod Komilov, Bek Abdullayev, Avaz O’lmasaliyev, Anvar Jo’rayev, Humoyun Iminov, Shoxmalik Komilov, Jasur Jaloliddinov, Mahmud Qudratullayev

Zaxira: Umidjon Ergashov, Mashhur Muxammadjanov, Abdug’ani Kamolov, Ibrohim Yo’ldashev, Jasur Jumayev, Nodirbek Kuyboqov, Bobur Askarov, Suxrob Izzatov, Asad Sobirjonov, Kamron Saidazimov, Abdulaziz Abdurashidov, Shohrux Abdurahmonov